Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.03K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
#Mahallada_sport

Nurafshonda yangi strit-workout sport maydonchasi ochildi

Nurafshon shahrining Degantepa va Ma’rifat mahallalari hududida zamonaviy strit-workout sport maydonchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalla faollari, yoshlar hamda sport sohasining vakillari ishtirok etishdi. Yangi maydoncha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sport inshooti aholining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni salomatlikka e’tiborli bo‘lishga chorlash hamda mahalla miqyosida sport infratuzilmasini kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍31🤝1
NURAFSHONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Respublika ishchi guruhi, Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi, shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida shahar hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Asosiy e’tibor mahallalarni obod qilish, ijtimoiy obyektlarda tozalik va ozodalikka rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, har bir hududda hashar tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan.

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Shahrimizni yanada go‘zal va ozoda qilish yo‘lida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍1
#yorug’lik

💡 Tungi yoritish tizimi yangilanmoqda

Muqumiy mahallasining Bahor va Odil Fayziyev ko‘chalarida mahalla yettligi boshchiligida, аholi ishtirokida yonmayotgan tungi yoritish chiroqlari yangilariga almashtirildi.

Ushbu ishlar aholi xavfsizligi va mahalla hududining kechki paytlardagi yoritilishini yaxshilashga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
🤝1
#hashar

🧹 Nurafshon mahallasida hashar ishlari o‘tkazildi

A.Navoiy ko‘chasida mahalla yettiligi boshchiligida aholi vakillari tashabbusi bilan hashar ishlari o‘tkazildi.

Tashabbuskor fuqarolar tomonidan ko‘cha atrofi tozalandi, chiqindilar yig‘ishtirildi va hudud obodonlashtirildi.

🌿 Obod va ozoda muhit — barchamizning burchimiz!

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#hashar

🧹 Yangiobod mahallasida hashar ishlari amalga oshirilmoqda

Yangiobod mahallasining Yangiobod ko‘chasida mahalla yettiligi boshchiligida aholi vakillari tashabbusi bilan hashar ishlari o‘tkazildi.

Hashar davomida ko‘cha atrofi tozаlanib, chiqindilar yig‘ishtirildo va hudud obodonlashtirildi.

🌿 Obod maskan — ozoda hayot garovi!

https://t.me/Nurafshonpressa