Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Mahallada_sport

Nurafshonda yangi strit-workout sport maydonchasi ochildi

Nurafshon shahrining Degantepa va Ma’rifat mahallalari hududida zamonaviy strit-workout sport maydonchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalla faollari, yoshlar hamda sport sohasining vakillari ishtirok etishdi. Yangi maydoncha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sport inshooti aholining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni salomatlikka e’tiborli bo‘lishga chorlash hamda mahalla miqyosida sport infratuzilmasini kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍31🤝1