Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi yettinchi chaqiriq uchinchi sessiyasi o‘tkazildi

Sessiya kun tartibida

1. “Yangi O‘zbekiston” massivida “Yashil xiyobon”ni tashkil etish to‘g‘risida;

2. Nurafshon shahrida 2024-yil davomida qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan chiqazilgan ayrim farmoyishlarni tasdiqlash to‘g‘risida;

3. Shahar mahalliy budjetiga mablag‘larni qaytarish hamda qayta yo‘naltirish to‘g‘risida;

4. Nurafshon shahar mahalliy budjetining 2024-yil III chorak va 9-oylik yakuni ijrosi hamda III chorakda shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish yo‘nalishlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

5. Nurafshon shahrining 2024-yil III chorak davomida mahalliy budjet xarajatlari yoyilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida masalalar ko'rib chiqildi.

Sessiya kun tartibida koʻrilgan masalalar Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlarining tegishli Qarori bilan qabul qilindi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#sessiya

📌Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 4-sessiyasi 27-dekabr, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Axborot xizmati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi

Sessiya kun tartibida
Nurafshon shahar Xalq qabulxonasi tomonidan murojaatlari bilan ishlash bo‘yichal amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;

Nurafshon shahrining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

Nurafshon shahrida “Ayollar daftari” 5-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni daftardan chiqarish  to‘g‘risida;

Aholi farovonligini ta’minlash va mahallalardagi mavjud muammolarni hal etishda mahalla yettiligining mas’uliyatini oshirish hamda olib borilayotgan ishlar yuzasidan mahalla uyushmasining axboroti;

2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Nurafshon shahrida tanlangan mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;

Sessiya kun tartibida koʻrilgan masalalar Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlarining tegishli Qarori bilan qabul qilindi.
#bildirish
#sessiya

📌Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi 23-yanvar soat 15:00 da bo'lib o'tadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
#sessiya

Bugun Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


💠Nurafshon shahri hokimligida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining VII chaqiriq beshinchi sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 6-sessiyasi 24-fevral, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
1👍1
#SESSIYA
#NURAFSHON_SHAHRI

XALQ DEPUTATLARI NURAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI OLTINCHI SESSIYASI BOʻLIB OʻTDI


🔰Sessiya ishida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi I.Klichxanov, sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, kengash kotibiyati va aloqador korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

🔰Sessiya yakunida koʻrilgan masalalar yuzasidan deputatlar munosabat bidirishib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

🔰Kun tartibida ko‘rsatilgan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinib, sessiya o‘z ishini yakunladi.

👉
Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 7-sessiyasi 14-aprel, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 8-sessiyasi 22-may, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


📎Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram🌐 Instagram🌐 Facebook
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahri hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Xalq deputatlari, shahar hokimi I. Klichxanov, shahar ichki ishlar bo‘limi rahbari, hokim o‘rinbosarlari, Kengash kotibiyati, mahalliy korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan shaharning turli sohalarida 2025-yil II choragida amalga oshirilgan ishlarga oid muhim masalalar o‘rin oldi.

Dastlab, shahar adliya bo‘limi, ichki ishlar bo‘limi hamda Xalq qabulxonasi Nurafshon shahri bo‘limining chorak yakuni bo‘yicha axborot va hisobotlari eshitildi. Shuningdek, mahalliy byudjet daromadlari rejasi ortig‘i bilan bajarilgani va yer maydonlari bo‘yicha tushumlar asosida shakllangan mablag‘larni samarali yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi:

🔹Shahar soliq inspeksiyasi;
🔹Tibbiyot birlashmasi;
🔹Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi;
🔹Yoshlar ishlari bo‘yicha shahar bo‘limi;
🔹Inson ijtimoiy xizmatlar markazi;
🔹“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Nurafshon bo‘limi;
🔹Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi;
🔹Maktab va maktabgacha ta’lim shahar bo‘limi.

Sessiyada, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq shahardagi mavjud obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jamoatchilik fikriga asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish mezonlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ham axborot berildi.

Sessiya yakunida qo‘shimcha masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
4👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Kengashining 9-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada II chorakda amalga oshirilgan ishlar, byudjet tushumlari, sohalar hisobotlari va nomlash masalalari muhokama qilindi. Muhim qarorlar qabul qilindi.

🎥 Batafsil – videoda!

#Nurafshon #sessiya #xalqdeputatlari #mahalliyhokimiyat #TashabbusliByudjet #ijtimoiyrivojlanish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3👏1
#diqqat
#bildirish
#sessiya

⚡️ Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 10-sessiyasi 10-sentabr kuni, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

/ Telegram /Instagram /Facebook/
👍3👏1
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 10-sessiyasi 10-sentyabr, soat 10:00 da bo'lib o'tadi.


Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram /Instagram /Facebook/
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kengash raisi — Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

Shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar prokurori o‘rinbosari A. Olimov hisobot berdi.

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish masalasi yuzasidan Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Ergashev ma’ruza qildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi to‘g‘risida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M. Xudaykulov ma’lumot berdi.

“Toshkent suv ta’minoti” AJ Nurafshon shahar bo‘limi rahbari M. Xoliqov amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari A. Marupov 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Sessiya yakunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
1
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining novbatdagi 11-sessiyasi 7-oktyabr, soat 14:00 da bo'lib o'tadi.


Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
/ Telegram /Instagram /Facebook/
#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi


Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Sessiya kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

Mahallalar faoliyatini takomillashtirish maqsadida ularni birlashtirish, bo‘lish, tugatish va nomlariga o‘zgartirishlar kiritish masalalari to‘g‘risida;

Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari shtat birliklarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida mahalliy hokimliklarning tarkibiy tuzilmasiga o‘tkazish hamda bu jarayon yakunlanganiga qadar ular uchun qo‘shimcha ustamalar to‘lash tartibi to‘g‘risida;

Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi rahbarining 2025-yil III choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti;

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ish bilan ta’minlash uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida.


Sessiya davomida ko‘rilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.


https://t.me/Nurafshonpressa
#sessiya

⚡️ Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 12-sessiyasi
📅 21-oktabr kuni, soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.

Mazkur sessiyada shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid bir qator dolzarb masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

https://t.me/Nurafshonpressa