Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#sana

Ona tilim – g‘ururim, faxrim!


Chirchiq shahrida “21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, taniqli ijodkorlar, shoir va yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Dastavval tadbir ishtirokchilari shahar markazida joylashgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, uning o‘zbek adabiyoti va tiliga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi Kimyogarlar madaniyat saroyida shiori ostida davom ettirildi. Unda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni, uning ijtimoiy hayotdagi mavqeini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar adabiyot namoyandalari, tilshunos olimlar, jamoatchilik vakillari ona tilimizning boy tarixiy ildizlari, uning zamonaviy taraqqiyotdagi o‘rni va yosh avlodga ona tiliga hurmat ruhini singdirish zarurati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Muhim_kun

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi faollar zalida ushbu muhim sana – 21 oktabr, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun va o‘zbek tili bayramining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan soha vakillari va mehmonlar mazkur sana bilan barchani tabriklab, o‘zbek tilining davlat tili sifatida tutgan o‘rni, uning tarixiy ahamiyati hamda kelgusida uni yanada rivojlantirish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Shuningdek, tadbirda ish yuritishdagi xat-hujjatlarda imlo va uslub xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, rasmiy tilda savodxonlikni oshirish, til madaniyatini yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘z ona tilimizga hurmat, uni tozaligi va boyligini asrash – har bir fuqaroning muqaddas burchidir, deyildi tadbirda.

Ushbu qutlug‘ kun bilan barchani samimiy muborakbod etamiz!

https://t.me/Nurafshonpressa
2
#Sog‘lomHayot

🩺 Ayollar salomatligi — e’tibor markazida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bachadon bo‘yni saratoni skriningi bo‘yicha bepul tahlillar o‘tkazilmoqda.

👩‍⚕️ 30, 40 va 50 yoshdagi ayollar bepul tarzda tahlillarini topshirishlari mumkin.

🕗 Tahlillar har kuni: soat 08:00 dan 14:00 gacha

🏥 Manzil: Onkonazorat xonasi, Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi

📞 Murojaat uchun:
(93) 636–63–33

https://t.me/Nurafshonpressa
#ayni_damda

⚡️Nurafshon shahri hokimi aholiga murojaat qiladi

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi yettinchi chaqiriq XII sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya ishi kun tartibida shaharda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va kelgusi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanovning 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tahlili va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida hisobot berib, aholiga murojaat yo‘llamoqda.


https://t.me/Nurafshonpressa
3
#muloqot

Agrar sohada zamonaviy yondashuvlar — mo‘l hosil va yuqori samaradorlik garovi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi amaliy uchrashuvlar, samarali muloqotlar, manfaatli kelishuvlarga boy bo‘lmoqda.

Tashrif  kun tartibiga muvofiq, Zoyir Mirzayev Rossiya agrosanoatida yetakchilardan biri hisoblangan "Красный маяк" mas’uliyati cheklangan jamiyati  bosh direktori Vasiliy Finogeyev bilan muloqot qildi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Zoyir Mirzayev Ivanovo viloyati gubernatori bilan uchrashdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari davom etmoqda.

Delegatsiya a’zolari bugun Ivanovo viloyati gubernatori Stanislav Voskresenskiy  boshchiligidagi hudud mutasaddilari bilan uchrashdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 14 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 24 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube