Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#TashqiReklama

🟩 Shahar ko‘rkini saqlash maqsadida tashqi reklama vositalari tahlil qilindi

Bugun Nurafshon shahrining “Toshkent yo‘li” ko‘chasida ishchi guruh tadbirkorlar o‘rnatgan tashqi reklama vositalarining holatini o‘rganib chiqdi.

Mazkur o‘rganish jarayoni tashqi reklama vositalarining amaldagi qonunchilik talablari va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash, shahar ko‘rkini saqlash hamda hududda tartib va estetikani mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Jarayon davomida reklama bannerlari va konstruksiyalarining texnik holati, joylashuvi hamda mazmun jihatdan to‘g‘riligi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsakgina, Nurafshon yanada chiroyli, tartibli va zamonaviy shahar bo‘ladi!

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#BSK

🔧 “Taraqqiyot” mahallasida elektr shitlari ta’mirlandi

Bugun Nurafshon shahrining “Taraqqiyot” mahallasidagi 17-uyda ochiq holatda bo‘lgan elektr shitlari BSK ishchi xodimlari tomonidan ta’mirlandi.

Mazkur ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, ichki elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirildi.

Aholi farovonligi va xavfsizligi – e’tibor markazida! ⚡️

https://t.me/Nurafshonpressa
1
🍂 Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Bugun Nurafshon shahrining “Taraqqiyot” mahallasida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida mahalladagi ijtimoiy obyektlar, ko‘p qavatli uylar hamda muhim infratuzilma tarmoqlarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda.

Tayyorgarlik jarayonlari aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, shuningdek, sovuq mavsumda muammosiz faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan.

Yangi mavsum – yangicha tartib va mas’uliyat bilan! ❄️

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan 9 oyda iqtisodiyotda erishilgan natijalarni sarhisob qildi.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

“DIL NAVOLARI” KONSERT DASTURIGA
MARHAMAT!

Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni 2025-yil 5-noyabr kuni soat 18:00 da poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida o‘tkaziladigan O‘zbekiston milliy maqom san’ati markazi Toshkent viloyati hududiy bo‘limi ansamblining hisobot konsert dasturiga taklif etamiz.

Milliy maqom san’atining betakror ohanglari, dilga yaqin kuy va qo‘shiqlar sizga unutilmas kecha tuhfa etadi!

Konsert jonli ijroda bo‘lib o‘tadi.

☎️Ma’lumot uchun: +998915424057

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eng_namunali_yoshlar_yetakchilari

🇺🇿 Nurafshon shahrida yo‘nalishlar kesimida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchilari” aniqlandi!

Bugun Nurafshon shahri “Nuroniylar maskani”da yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida yoshlar yetakchilari tanlov yo‘nalishlariga muvofiq tayyorlagan taqdimotlarini namoyish etishdi.

Tanlov shaffof tarzda o‘tkazilib, hakamlar hay’ati quyidagi a’zolardan iborat bo‘ldi:
1. Nurafshon shahri hokim o‘rinbosari — Shoxruh Inomxonov
2.
Nurafshon shahri “Nuroniylar maskani” rahbari — Jo‘ra Axmetqulov
3. Mahallalar uyushmasi shahar boʻlimi rahbari — Zulfiya Maqsudova
4. Nurafshon shahri Madaniyat bo‘limi badiiy rahbari — Shoira Sultonova
5. Nurafshon shahri Yoshlar ishlari agentligi rahbari — Boburbek Abduqodirov

🎉 Tanlov yakunida g‘oliblar viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi hamda faol ishtirok etgan yetakchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
Kuchli fuqarolik jamiyati — kuchli davlatning poydevoridir!

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning
Fuqarolik jamiyati haftaligi munosabati bilan fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga

MUROJAATNOMASI

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1