Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#TashqiReklama

🟩 Shahar ko‘rkini saqlash maqsadida tashqi reklama vositalari tahlil qilindi

Bugun Nurafshon shahrining “Toshkent yo‘li” ko‘chasida ishchi guruh tadbirkorlar o‘rnatgan tashqi reklama vositalarining holatini o‘rganib chiqdi.

Mazkur o‘rganish jarayoni tashqi reklama vositalarining amaldagi qonunchilik talablari va belgilangan me’yorlarga muvofiqligini ta’minlash, shahar ko‘rkini saqlash hamda hududda tartib va estetikani mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Jarayon davomida reklama bannerlari va konstruksiyalarining texnik holati, joylashuvi hamda mazmun jihatdan to‘g‘riligi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.


Har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsakgina, Nurafshon yanada chiroyli, tartibli va zamonaviy shahar bo‘ladi!

https://t.me/Nurafshonpressa
1