#bildirish
⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:
Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida f. To'ytepa XEL 6 kV va f. Olmazor XEL 6 kV tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.
🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 1-noyabr
⏰ soat 09:00 dan 16:00 gacha
Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🏙
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda. ⚙️
https://t.me/Nurafshonpressa

Nurafshon shahri: Oybеk, Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, Degantepa, Uchqun, To'ytepa, Yangiobod, Qumariq mahallarida
🏘 O‘rtachirchiq tumani: Obod, Argin, Sada mahallarida
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda. ⚙️
https://t.me/Nurafshonpressa
👎5❤1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#eshitmadim_demanglar
Noyabrni sayohatlar va yorqin taassurotlar oyligiga aylantiraylik!
Aziz faxriylar va nuroniylar!
Siz uchun yorqin xotiralar, tinchlik va huzur bag‘ishlaydigan maxsus oy boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 1–30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkaziladi.
Bu davrda siz:
Qadrli keksalarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan — sayrlar, ziyoratlar va yangicha taassurotlar siz uchun!
Noyabrni sayohat va yorqin taassurotlar pallasiga aylantiraylik!
“Keksalar uchun turizm oyligi” bilan hayotingizga yangi ranglar qo‘shing!
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Noyabrni sayohatlar va yorqin taassurotlar oyligiga aylantiraylik!
Aziz faxriylar va nuroniylar!
Siz uchun yorqin xotiralar, tinchlik va huzur bag‘ishlaydigan maxsus oy boshlandi!
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, viloyatimizda ham 1–30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkaziladi.
Bu davrda siz:
🔺 Barcha ziyoratgohlar, mehmonxonalar va dam olish maskanlariga 10 foizlik chegirma bilan tashrif buyura olasiz!
🔺 O‘zbekiston bo‘ylab maxsus turlar va ziyorat safarlarida ishtirok etish imkoniyatiga egasiz!
Qadrli keksalarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan — sayrlar, ziyoratlar va yangicha taassurotlar siz uchun!
Noyabrni sayohat va yorqin taassurotlar pallasiga aylantiraylik!
“Keksalar uchun turizm oyligi” bilan hayotingizga yangi ranglar qo‘shing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#tibbiy_ko’rik
Aholi salomatligi — doimiy e'tiborda
Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasi tomonidan “Marifat” MFY aholisi uchun manzilli tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Tadbir doirasida tor soha mutaxassislari fuqarolarni qabul qilib, zarur holalarda laborator va instrumental tekshiruvlar amalga oshirildi.
Tashabbus aholi salomatligini tizimli nazorat qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga qaratildi.

❤3
Tozalik — salomatlik garovi
Bugun, 1-noyabr kuni Nurafshon shahri tibbiyot birlashmasida xodimlar tomonidan hashar tashkil etildi.
Tadbir davomida shifoxona hovlisi xazonlardan tozalandi, atrof-muhit obodonlashtirildi va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur tashabbus nafaqat hududni yanada chiroyli va toza qilishga, balki tibbiyot muassasasida sog‘lom va xush kayfiyat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Birlikda — tozalik, tozalik bilan esa salomatlikka!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳 #YashilMakon |
Nurafshon shahri hokimidan amaliy hissa
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov ishtirok etdi.
Tadbir davomida shahar hokimi faqat tashabbuskor sifatida emas, balki shaxsan o‘zi ham ko‘chat ekish ishlarida faol qatnashdi. Shuningdek, u aholi bilan muloqot davomida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda shaharda yashil hududlarni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.
Tadbir doirasida jami 1 700 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Yashil va obod shahar — farovon hayot garovi. Bugun ekilgan har bir nihol kelajak avlodimiz uchun sog‘lom muhit, toza havo va go‘zal manzara yaratadi. Barchamiz bu xayrli tashabbusda birgalikda faol ishtirok etib, shahrimizni yanada yashil va obod qilishga hissa qo‘shaylik”,
— dedi shahar hokimi I. Klichxanov.
Tadbir doirasida jami 1 700 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.
https://t.me/Nurafshonpressa
🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 #Intervyu
“Yashil makon” loyihasida viloyat mutaxassislari ishtiroki
Nurafshon shahrida tashkil etilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish, ularni parvarish qilish, sug‘orish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonlarida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda.

Tadbirda viloyat ekologiya boshqarmasi “Yashil makon” sho‘basi boshlig‘i Bekmurod Sayfullayev o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi va ushbu tashabbusning ekologik ahamiyati hamda shahar yashil hududlarini kengaytirishdagi rolini ta’kidladi.