Nurafshon shahri hokimligi
4.68K subscribers
41.6K photos
3.73K videos
52 files
12.1K links
Download Telegram
#YoshlarYetakchilari
#Nurafshon

🌿 Nurafshonda ezgu an’anaga aylangan hashar

Ro‘zmatilla Ibragimov Nurafshon shahridagi To‘ytepa mahallasiga yoshlar yetakchisi etib tayinlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa muddatda mahallada tub o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Uning yangi tashabbuslari va faoliyati keng jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda.

Bugun Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Adham sahoba” ziyoratgohi hududida hashar o‘tkazildi. 🌳🧹

Tadbirda Nodirbek singari fidoyi yoshlar ham faol qatnashib, birlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatishdi 🤝
🗣 B. Abduqodirov, Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i:
“Hashar – bu nafaqat jismoniy mehnat, balki xalqimizning birligi, ahilligi va mehr-oqibatining yorqin ifodasi. Har birimiz mahallamiz uchun mas’ulmiz. Kelajak avlod uchun toza va obod Vatan qoldirish — barchamizning burchimizdir” deb taʻkidladi.


Hashar davomida hudud tozalandi, atrof obodonlashtirildi, muhit yanada chiroyli ko‘rinishga keltirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
4👍4