Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.04K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#muhum_eslatma

Hurmatli fuqarolar!

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, elektr dvigatellari, pechlar va boshqa elektr yoki issiqlik uskunalaridan xo‘jasizlarcha foydalanish – bu nafaqat iqtisodiy ziyon, balki ma’muriy javobgarlik ham keltirib chiqaradi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik mansabdor shaxslar uchun BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Unutmang! Energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali siz nafaqat ortiqcha xarajatlarni kamaytirasiz, balki yurtimiz taraqqiyotiga ham hissa qo‘shasiz.

Energiyani tejash — bu har birimizning burchimizdir!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!

Davlatimiz rahbari joriy yil 26-sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida daraxtni kuzda ekishni ko‘paytirish zarurligi bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdilar.


Shu kunlarda ana shu umummilliy loyiha doirasida butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi viloyatimizda ham kuzgi daraxt ekish mavsumi davom etmoqda, bu borada “dolzarb bir oylik” e’lon qilindi.

Prezidentimizning ezgu tashabbuslaridan ruh olib, shu yilning 8-9-noyabr — shanba va yakshanba kunlari viloyatimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida katta hashar tashkil etilmoqda.
Mazkur hasharga nafaqat viloyat hududidagi boshqarma va tashkilotlar, balki Respublika darajasidagi vazirlik hamda idoralar, agentlik va qo‘mitalar ham o‘z xayrixohligini bildirdilar.

Hashar doirasida hududlardagi avtomobil yo‘llari yoqalarida, xususan, M-39, A-373 kabi xalqaro ahamiyatdagi yirik avtomagistrallar bo‘ylarida keng ko‘lamda ko‘chat ekish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Barchangizni, butun el-yurtimizni “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#yashil_makon

Nurafshonda "Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 1 200 tup ko‘chat ekildi

Nurafshon shahridagi Toshkent yo'li ko'chasida joylashgan yoshlar ma'naviyat bog'ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, viloyat va tuman (shahar) tashkilot va idoralar rahbarlari, mahalla "yettiligi", jamoatchilik vakillari hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chat ekish kabi ezgu ishlarga har bir yurtdoshimiz o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini ta’kidladi.


Loyiha doirasida belgilangan reja asosida shahar bo'ylab yo‘l yoqasiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari hududlariga manzarali va mevali ko‘chatlar ekish ishlari jadal davom etmoqda.

Tadbir doirasida jami 1200 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
🔴🟦🟦

Ayni paytda viloyatimiz bo‘ylab hashar qizg‘in tus olgan. Hasharchilar ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Unutmang! Har bir ekilgan daraxt — bu nafaqat bugun,  balki kelajak avlodlar uchun sog‘lom va go‘zal muhit yaratish demakdir.

Hasharlarda bugungidek uyushqoqlikni ko‘rib, daraxt ekish —  majburiyat emas, qadriyatga aylanib borayotganiga amin bo‘lamiz...

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1