Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.8K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

🇺🇿 Ro‘yxatdan o‘ting — kelajakni birgalikda quraylik!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahridaYashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Koʻchat ekish — havoni tozalaydi, tuproqni boyitadi va insonlar salomatligi hamda atrof-muhit barqarorligiga katta hissa qo‘shadi.

Ayniqsa, ekotizimda biologik xilma - xillikni oshirish bilan birga, o'sib kelayotgan farzandlarimiz uchun sog'lom ekologik muhitni ta'minlashga xizmat qiladi.


Yurtimiz bo'ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kеng koʻlamli daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amaliy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Toshkent shahriga jo‘nab ketdi.

Насыщенная программа рабочего визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Соединенные Штаты Америки завершилась. Глава нашего государства вылетел в город Ташкент.

#Mirziyoyev #tashrif #AQSH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
#dolzarb

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari uchun yangi mezonlar belgilandi

Ma'lumki, Prezidentimizning PF-129-sonli Farmoniga asosan “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning Namunaviy tartibi” tasdiqlangan edi. Shunga ko'ra, joylarda tushuntirish-targ'ibot ishlari jadal olib borilmoqda.

Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Toshkent viloyati filialida ham ushbu Namunaviy tartibning mazmun-mohiyatini davlat xizmatchilariga yetkazish maqsadida onlayn seminar tashkil etildi. Unda Agentlik rahbariyati va mas’ullari, viloyat hamda tuman (shahar) hokimliklarining vakillari ishtirok etishdi.

Seminar davomida tegishli mas’ullarga mazkur Namunaviy tartib asosida faoliyatni tashkil etish, kadrlar samaradorligini munosib baholash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Bu kabi seminarlar joylarda muntazam o'tkazilmqoda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
"Adliya kuni" va sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 80-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, Toshkent viloyati adliya boshqarmasining 2025-yil 9-sentabrdagi huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida reja-grafigi tasdiqlangan.
Shu maqsadda joriy yilning 6-noyabr kuni navbatdagi “Adliya kuni” va huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Navbatdagi tadbir "Birlik" MFY binosida tashkillanib, unda Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM, DXM va “Madad” NNT xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi.


Murojatchilar bilan yuzma-yuz kechgan muloqotlarda ijtimoiy, huquqiy masalalar kun tartibida boʻlib, aholini oʻylantirayotgan savollarga javoblar qaytarildi.
Fuqarolarning murojaatlari tinglandi, dolzarb muammolar o‘rganildi va tegishli murojaatlar ish yurituvga olindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#kibermadaniyat_oyligi

“Shubhali havolalarni ochmang!” – aholi kiberxavfsizligiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasida “Aholining kibermadaniyatini yuksaltirish va kibergigiyenani shakllantirish” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda viloyat IIBB mas’ul rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik faollari hamda blogerlar ishtirok etdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhum_eslatma

Hurmatli fuqarolar!

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, elektr dvigatellari, pechlar va boshqa elektr yoki issiqlik uskunalaridan xo‘jasizlarcha foydalanish – bu nafaqat iqtisodiy ziyon, balki ma’muriy javobgarlik ham keltirib chiqaradi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik mansabdor shaxslar uchun BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Unutmang! Energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali siz nafaqat ortiqcha xarajatlarni kamaytirasiz, balki yurtimiz taraqqiyotiga ham hissa qo‘shasiz.

Energiyani tejash — bu har birimizning burchimizdir!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

👉Savol: Raqamlashtirilgan mehnat daftarchasi pensiya tayinlashda qanday yordam beradi?

Javob: Ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi va pensiya tayinlash jarayonida sizdan qogʼoz shakldagi hujjatlar talab etilmaydi.

👉Savol: Mehnat daftarchasini raqamlashganini qanday koʼrishim mumkin?

Javob: my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portallari orqali shaxsiy kabinetingizdan koʼrishingiz mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#muhum_eslatma

Hurmatli fuqarolar!

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, elektr dvigatellari, pechlar va boshqa elektr yoki issiqlik uskunalaridan xo‘jasizlarcha foydalanish – bu nafaqat iqtisodiy ziyon, balki ma’muriy javobgarlik ham keltirib chiqaradi.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik mansabdor shaxslar uchun BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Unutmang! Energiya resurslaridan oqilona foydalanish orqali siz nafaqat ortiqcha xarajatlarni kamaytirasiz, balki yurtimiz taraqqiyotiga ham hissa qo‘shasiz.

Energiyani tejash — bu har birimizning burchimizdir!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo'yicha ayrim savollarga javoblar

👉Savol: Elektron mehnat daftarchasi ishonchli hisoblanadimi?

Javob: Аlbatta, u davlat tomonidan tasdiqlangan rasmiy elektron hujjat hisoblanadi.

👉Savol: Korxona arxivi yoki mehnat daftarchasi yoʼqolgan taqdirda ish stajlarini qanday qilib “tiklash” mumkin?

Javob: Аgar fuqaroning ish staji toʼgʼrisidagi maʼlumotlari yoʼqolgan boʼlsa, ushbu vaziyatda yoʼqolgan mehnat faoliyati davrlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar sudning qarori bilan belgilanadi. Bunday holatga tushib qolgan fuqarolar ish stajlarini tiklatish uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun: 📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#obodonlashtirish

"To'ytepa yuksak servis" BSK xodimlari tomonidan qilinayotgan ishlar

Toʻytepa yuksak servis” BSK xodimlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun esa Nurafshon shahrining "Nurafshon" MFY hududidagi A. Navoiy, Furqat va Mustaqillik ko'chalarida joylashgan aholi manzillarida hamda ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko'zdan kechirilib, isitish va kanalizatsiya tarmoqlaridagi mavjud kamchiliklar shu yerning o'zida bartarf etildi. Uylarning fasad va tom qismlarida ta'mirlash ishlari nihoyalandi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4
#Tayinlov

Ismoilov Mirzohid Muxtorali o'g'li Nurafshon shahar hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi.

Ismoilov Mirzohid Muxtorali oʼgʼli 1992-yil 14-martda Farg'ona viloyati Bag'dod tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. “Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Mirzohid Ismoilov tayinlovga qadar "Vodiy TV” telekanalida muxbir, telekanal suxandoni, muharir lavozimida ishlagan. Shuningdek, "Zo'r TV" telekanalining Farg'ona viloyati muxbiri sifatida axborot lavhalarini tayyorlagan. Shuningdek, Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani Yoshlar ishlari bo'limida faoliyat yuritgan.


Ijodiy faoliyati davomida bir qator koʼrsatuvlar muallifi va boshlovchisi sifatida ham yangi loyihlarni ishlab chiqqan va amalga oshirgan. Jumladan: "Xalq ichida", "Eʼzoz va ehtirom", "Mening oʼqituvchim", "Avtohamroh" kabilardir.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍154🤝1