Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.05K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyat

Yurtimizda oltin kuz!

Kontent markazi tomonidan sun’iy intellekt yordamida so‘nggi kunlarda ommalashgan trend bo‘yicha video tayyorlanibdi. 

Baho berish sizdan...


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🗓13.11.2025. Nurafshon shahar hokimi fuqarolarni qabul qildi

Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov ayni paytda shahardagi "Degantepa" MFY binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabulni oʻtkazmoqda.

Sayyor qabulda hokim shaxsan qatnashib, har bir murojaatchini diqqat bilan tingladi. Bugungi uchrashuvda asosan uy-joy, yo‘llar, ijtimoiy yordam, ish bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.

Batafsil ma'lumot bilan birozdan so'ng tanishasiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
#Bildirish

🛑Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligini keng nishonlash munosabati bilan Nurafshon shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2025-yil

🗓13-noyabr kuni, soat 09:00 dan 12:00 gacha,

🗓17-noyabr kuni, soat 07:00 dan 23:59 gacha

Nurafshon shahridagi “Business city hududida joylashgan Yangiobod ko‘chasi (G-62 avtomobil yo‘li)da hamda

🗓18-noyabr kuni soat 07:00 dan 14:00 gacha shahar markaziy chorrahasi — Bobur ko‘chasiga burilishdan (4R-22 yo‘li) boshlab “Business city” hududidagi Yangiobod ko‘chasi (4R-2 avtomobil yo‘li)ning 35-kilometrida G-62 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahagacha bo‘lgan hududda avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Ushbu vaqt davomida harakat ishtirokchilaridan yo‘l harakati cheklangan hududlarga transport vositalarini kiritmaslik va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni so‘raymiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#oila_muqaddas

Ajrimlarning oldini olish asosiy masala


👨‍👩‍👧‍👦Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish, ajralishlarni oldini olish, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash maqsadida aholi bilan sayyor uchrashuvlar tez-tez o'tkazib kelinmoqda.

👨‍👩‍👧‍👦 Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N. Djumanova tomonidan o'tkazilgan navbatdagi uchrashuvda yosh oilalarga to‘g‘ri maslahatlar berish bo‘yicha muhim fikr va takliflar uqtirildi. Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, psixologlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yarashtirish komissiyalari tomonidan oilaviy muammolarni hal etish yo‘llari haqida ta'kidlanib, er-xotinlar o'rtasida nikoh va oila masalalarida kelib chiqayotgan muammoli vaziyatlarning sabablari, oqibatlari va ularning yechimlari yuzasidan savol-javoblar bo'lib o'tdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#sayyor_qabul

🗓13.11.2025.


Nurafshon shahar hokimi "Degantepa" MFYda fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Aholining murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu ochiq muloqotda shahar hokimi, Respublika ishchi guruhi a'zolari va tegishli soha rahbarlari ishtirok etdi.

Fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va muammolari bilan bevosita hokimga murojaat qildi. Qabul davomida uy-joy, kommunal xizmatlar, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam, bandlik kabi mavzular muhokama qilindi.

Hokim har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalarni joyida hal etdi, ba’zi murojaatlar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Mazkur sayyor qabulda 17 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ochiq muloqotlarda 26 ta murojaat kelib tushdi hamda ularning 5 nafariga joyida tushuntirish berish orqali hal etilgan bo‘lsa, qolgan fuqarolarning murojaati bo'yicha esa mutasaddilarga yo'naltirildi.
👍21