Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#shtab_faoliyati
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari xalqaro ekspertlar tomonidan o‘rganilmoqda
Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish, hududiy shtablar faoliyati va ro‘yxatga olish dasturiy ta’minotini o‘rganish, tayyorgarlik holatini kuzatish hamda baholash maqsadida Jahon banki missiyasining vakili Oliviye Dupriyez boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi viloyat shtabiga tashrif buyurishdi.
🌐 Batafsil
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 oktyabrdagi 629-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish, hududiy shtablar faoliyati va ro‘yxatga olish dasturiy ta’minotini o‘rganish, tayyorgarlik holatini kuzatish hamda baholash maqsadida Jahon banki missiyasining vakili Oliviye Dupriyez boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi viloyat shtabiga tashrif buyurishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
#asfalt_yotiqizildi
Navro'z mahallasidagi ichki yo'llarga asfalt yotqizildi
✅Ayni damda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal ketayotgan ushbu manzilda yana bir xayrli yumush - asfalt yotqizilgani bo'ldi. Biz esa fursatdan foydalanib, markaziy shifoxona atrofi zamonaviy qiyofa kasb etayotganini, aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratilayotgan tekis va ravon yo'llarni kameramiz obyektiviga muhrladik.

Ma'lumki, bir necha hafta muqaddam Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari boshlanib, ayniqsa, bu jarayonda amalga oshiralajak ishlarning sifatli va o'z vaqtida bajalishi yuzasidan Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan tegishli chora-tadbirlar soha mas'ullariga belgilab berilgan edi. Hokimning o'zi esa joyiga chiqib, bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan mazkur hududda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishgandi. Hozir esa bu yerdagi o'zgarishlar anchayin salmoqli ko'rinish kasb etib bormoqda.
✅Ayni damda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal ketayotgan ushbu manzilda yana bir xayrli yumush - asfalt yotqizilgani bo'ldi. Biz esa fursatdan foydalanib, markaziy shifoxona atrofi zamonaviy qiyofa kasb etayotganini, aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratilayotgan tekis va ravon yo'llarni kameramiz obyektiviga muhrladik.
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
🗓13.11.2025.
✅Nurafshon shahrining "Navro'z" mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi asosiy ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi.
Yuqorida jarayon to'liq aks etgan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Yaqin orada hududda bunaqa keng koʻlamli ish bajarilmagan edi, - deydi mahalliy faollardan biri Anvar Azimov. - Mahallamiz aholisi, nuroniy otaxonlar, onaxonlar - yosh-u qari juda ham xursand. Inson qadri ulugʻlangan shu yurt fuqarosi ekanimiz uchun ming shukr.
Yuqorida jarayon to'liq aks etgan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#kibermadaniyat_oyligi
☄️ CYBERUNI PARK CUP 2025 – Talaba va Yoshlar Festivali!
Ushbu festival kiberxavfsizlik, robototexnika, dron va kordli samolyotlarga qiziqqan 12–30 yoshdagi yoshlar va talabalar uchun tashkil qilinmoqda.
🖥 17-noyabr, 10:00–15:00
📍 Cyber University, Nurafshon sh.
🛡 Musobaqalar yo‘nalishlari:
1. CTF (Capture the Flag)
2. Robo-Battle (Robototexnika)
3. Robo-Football
4. Drone Cargo Delivery Race
5. Tethered Aircraft Combat (Kordli aviamodellar jangi)
6. FPV Drone Racing
💵 Mukofotlar:
• 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m + sertifikat
• 2-o‘rin – 3 000 000 so‘m + sertifikat
• 3-o‘rin – 1 000 000 so‘m + sertifikat
💡 Maqsad: Yoshlar va talabalar o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar va ilmiy-texnik ijodkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarga qiziqtirish hamda ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish va musobaqa nizomlari bilan tanishuv quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: http://ctf.csu.uz
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Ushbu festival kiberxavfsizlik, robototexnika, dron va kordli samolyotlarga qiziqqan 12–30 yoshdagi yoshlar va talabalar uchun tashkil qilinmoqda.
1. CTF (Capture the Flag)
2. Robo-Battle (Robototexnika)
3. Robo-Football
4. Drone Cargo Delivery Race
5. Tethered Aircraft Combat (Kordli aviamodellar jangi)
6. FPV Drone Racing
• 1-o‘rin – 5 000 000 so‘m + sertifikat
• 2-o‘rin – 3 000 000 so‘m + sertifikat
• 3-o‘rin – 1 000 000 so‘m + sertifikat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO
🌐Nurafshon shahri
✅14-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti
☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, kunduzi havo harorati +20°C, kechga borib esa +6°C gacha pasayishi kutilmoqda.
✅Kuningiz xayrli o'tsin!
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🌐Nurafshon shahri
✅14-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti
☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, kunduzi havo harorati +20°C, kechga borib esa +6°C gacha pasayishi kutilmoqda.
✅Kuningiz xayrli o'tsin!
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1
#obuna_2026
❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?
❓Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?
📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.
⭕️Murojaat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?
❓Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?
Nashr ko‘rsatkichi – 7024.📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.
⭕️Murojaat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#imkoniyat
AQSHda Toshkent viloyatining vakolatxonasi ochildi
Xabar berganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi xizmat safari bilan AQSHda bo‘lib turibdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad Toshkent viloyatining xalqaro iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yaratishdir.
AQSHning Florida shtati Gollivud shahrida Toshkent viloyatining vakolatxonasi ochilgani ham bu yo‘nalishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Toshkent viloyati va Gollivud shahri o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlarda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu borada mazkur vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uchun AQSH bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratish ko‘zda tutilgan.

Yangi vakolatxona — viloyatning iqtisodiy, madaniy va turistik salohiyatini AQSHda keng targ‘ib etish, shuningdek, amerikalik biznes hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishda muhim platforma vazifasini bajaradi.
Toshkent viloyati va Gollivud shahri o‘rtasida bir qancha yo‘nalishlarda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu borada mazkur vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uchun AQSH bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
#bildirish
⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
✅Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:
🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 14-noyabr
⏰ soat 09:00 dan 14:00 gacha
Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🏙 Nurafshon shahri: Evalak, Oybek, Muqumiy, Obod turmush, Navroʻz, Qumariq, Dehqonobod va Toʻytepa mahallalarida
🏘 O‘rtachirchiq tumani: Qorasuv va Galabotir mahallalarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.
Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi
✅Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:
Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3 dan chiquvchi XEL 6kV f. Qorasuv 6 kV tarmogʻidagi transformatorlardagi avariyani oldini olish maqsadida joriy tamirlash va daraxt shoxlarini kesish ishlari olib boriladi.

❤3