Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#asfalt_yotiqizildi

Navro'z mahallasidagi ichki yo'llarga
asfalt yotqizildi

Ma'lumki, bir necha hafta muqaddam Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari boshlanib, ayniqsa, bu jarayonda amalga oshiralajak ishlarning sifatli va o'z vaqtida bajalishi yuzasidan Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan tegishli chora-tadbirlar soha mas'ullariga belgilab berilgan edi. Hokimning o'zi esa joyiga chiqib, bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan mazkur hududda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishgandi. Hozir esa bu yerdagi o'zgarishlar anchayin salmoqli ko'rinish kasb etib bormoqda.


Ayni damda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal ketayotgan ushbu manzilda yana bir xayrli yumush - asfalt yotqizilgani bo'ldi. Biz esa fursatdan foydalanib, markaziy shifoxona atrofi zamonaviy qiyofa kasb etayotganini, aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratilayotgan tekis va ravon yo'llarni kameramiz obyektiviga muhrladik.
👍2