Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#Bir_bayroq_ostida

🇺🇿“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” – estafeta davom etmoqda


🇺🇿Avval xabar berganimizdek, ramziy bayroq Piskent tumani hokimidan qabul qilib olingan edi. Bugun Nurafshon shahri markazida shahar hokimi o'rinbosari Sh. Inomxonov  mazkur ramziy bayroq estafetasini davom ettirib, uni navbatdagi manzil - O'rta Chirchiq tumani hokimi o'rinbosari H. Ziyovuddinovga tantanali tarzda topshirdi.

"Estafeta yurtimiz bo‘ylab davom etar ekan, bu ezgu tashabbuslar har bir manzilda el-yurtni birlashtiruvchi ulkan ma’naviy kuchga aylanmoqda", - dedi shahar hokimi oʻrinbosari Sh. Inomxonov.


Tadbirda Nurafshonlik yoshlar  va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

📍NURAFSHON SHAHRIDA BAYRAMONA SHUKUH

🇺🇿18-NOYABR O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG'I QABUL QILINGAN KUN!

"BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ!" - ESTAFETASI


👉Mazkur videorolik "Nurafshon TV" ijodkorlari tomonidan tayyorlandi hamda efirga uzatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OB_HAVO

🌐Nurafshon shahri

19-noyabr kungi ob-havo ma'lumoti


☀️ Bugun Nurafshonda asosan havo ochiq, kunduzi havo harorati +19°C, kechga borib esa  +6°C gacha pasayishi kutilmoqda.

Kuningiz xayrli o'tsin!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“Nurafshon TV” telekanali orqali Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahardagi "Degantepa" MFY hududidagi aholi vakillari uchun oʻtkazilgan sayyor qabul jarayoni haqida lavha efirga uzatildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"E-auksion" saytida bepul elektron raqamli imzo (ERI) kalitini qanday olish mumkin?

Videoda shu kabi muhim savolga batafsil javob topasiz!

Barcha videolar

☎️: +998712022111

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#savol_javob

👉Savol:  SMS-Pensiya xizmatini yoqmoqchiman. Nima qilishim kerak?

Javob:  Buning uchun birinchi navbatda my.gov.uz portaliga kirib ro'yxatdan o'tish lozim.

🔗 Shundan so'ng ushbu havola orqali o'tib “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va telefon raqam kiritiladi.

❗️ Eslatma: Mazkur  xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Erta turmush va tug‘ruq muammolari muhokama qilindi

Nurafshon shahridagi 4- 13- va 19-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Erta turmushni oldini olish” hamda “Erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nodira Djumanova so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida erta turmush va erta tug‘ruqning oldini olish, bu borada olib borilayotgan ishlar hamda yaqin qarindoshlar o'rtasida oila qurishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.


Mazkur davra suhbatida maktab rahbariyati va o‘quvchilar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga huquqiy va tibbiy maslahatlar ham berildi.

Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir savol-javoblar o‘tkazildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Savol:

Uy xo‘jaligi deganda nimani tushunish mumkin?

Javob:

Ro‘yxatga olishda “uy xo‘jaligi” deganda — bir xonadonda birga yashab, umumiy turmush va sarf-xarajatni birgalikda yuritadigan shaxslar guruhi tushuniladi.

Agar bir uyda bir necha odam yashasa, lekin har biri alohida ovqat qilib, o‘z xarajati bilan yashasa — ular alohida uy xo‘jaliklari hisoblanadi. Bu shaxslar qarindoshlik munosabatlarida bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Uy xo‘jaligi bitta shaxsdan iborat bo‘lishi ham mumkin.


📨 Savollaringizni @census_2026_bot ga yozib qoldiring.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#bilasizmi

🔗Yerosti hamda mehnat sharoiti o'ta zararli va o'ta og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.


Qo'shimcha savollar uchun📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

❗️ "Umummilliy Konstitusiya imtihoni" uchun ro'yxatdan o'tish davom etmoqda

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar https://8-dekabr.adliya.uz platformasida ro'yxatdan o'tishi lozim (22 -noyabr 23:59 ga qadar).

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Nurafshonda tadbirkorlarga ajratilgan yer maydonlari o‘rganildi

Prezidentning 2024-yil 5-noyabrdagi PQ–384-sonli qarori ijrosi doirasida ajratilgan yer maydonlari bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda shahar hokimi I. Klichxanov, hokim o'rinbosari - shahar Investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'i R. Haydarov hamda tadbirkorlar ishtirok etib, yer fondi toifasi sanoatga o'zgargan maydonlarda investorlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar birma-bir o'rganildi.

“Investitsiya uchun qulay muhit yaratish va yer resurslaridan samarali foydalanish — bizning ustuvor vazifamiz,” — dedi shahar hokimi I. Klichxanov.

👉Ishchi guruhning o‘rganishlari natijasida 2018-2022-yillarda dastlab, 85 ta obyekt aniqlanib, ularning 65 tasi tadbirkorlik subyektlariga, 20 tasi davlat subyektlariga ajratilgani hisobga olingan holda kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1