Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#sport

Viloyatimiz sportchilari "Prezident olimpiadasi" Respublika finaliga yo‘l oldi

2025-yil 13-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda ommaviy va professional sportni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yiliga ikki marotaba, uch bosqichda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Viloyatimizda musobaqalarning mintaqa hamda viloyat bosqichida  1 690 nafar ishtirokchi saralanib ular orasida 230 nafar eng kuchli sportchi Respublika final bosqichida viloyatimiz sha’nini himoya qiladi!

Bugun viloyat hokimligi binosida sportchilarimizni Respublika final bosqichiga tantanali kuzatib qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Toshkent viloyati bo'limi raisi Zoyir Mirzayev, viloyat Sport boshqarmasi rahbariyati, sport faxriylari, yosh sportchilar va soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi marosimda so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi. So‘nggi 8 yil ichida Toshkent viloyatida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 6 ming nafardan 48 ming nafarga yetganini hamda sport inshootlarini qurish va zamonaviy jihozlash uchun 212 milliard so‘m mablag‘ ajratilganini alohida ta’kidladi.

Barcha ishtirokchilarga ulkan omad va zafarlar tilanib, Respublika final bosqichida viloyatimiz sha’nini mardonavor himoya qilib, keng jamoatchilik va tengdoshlari o'rtasida munosib o‘rnak bo‘lishlari kerakligini ta’kidlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Аholi va qishloq xoʼjaligini roʼyxatga olishda chet el fuqarolari va migratsiya boʼyicha qanday maʼlumotlar yigʼiladi?
👍1
#savol_javob

👉Savol: 2026 yil aprel oyida 60 yoshga to‘laman. Ayol kishiman. Hech qayerda ishlamaganman. Pensiyaga chiqish uchun nima qilishim kerak?

Javob: Agarda sizda kamida 7 yil ish stajingiz bo‘lganida 5 yil oldin, ya’ni 2021 yilda 55 yoshda yoshga doir pensiyaga chiqqan bo‘lar edingiz. 2026 yil aprel oyida 60 yoshga to‘lsangiz, ish stajingiz bo‘lmasa, unda sizga yoshga doir pensiya emas, yoshga doir nafaqa tayinlanadi. Bugungi kunda ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 820 000 so‘m hisoblanadi.

🔗Ma’lumot uchun bugungi kunda yoshga doir nafaqa Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Nurafshon shahrining "Navro'z" mahalla fuqarolar yigʻini hududida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

"Yaqin orada hududda bunaqa keng koʻlamli ish bajarilmagan edi, - deydi mahalliy faollardan biri Anvar Azimov. - Mahallamiz aholisi, nuroniy otaxonlar, onaxonlar - yosh-u qari juda ham xursand. Inson qadri ulugʻlangan shu yurt fuqarosi ekanimiz uchun ming shukr".


Yuqorida jarayon to'liq aks etgan videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

🌿 Nurafshon shahrida atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududda changlanishni kamaytirish maqsadida erta tongdan boshlab yo‘l qoplamalari yuvilmoqda, yashil maydonlar esa muntazam sug‘orilmoqda.

Mazkur say-harakatlar havodagi chang miqdorini kamaytirish va aholiga qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon

Nurafshon shahrida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu ezgu tadbirlarda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida korxona va tashkilotlar vakillari, davlat xizmatchilari ham faol ishtirok etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#obodonlashtirish

Tozalik va ozodalik — sog‘lom hayot garovi


Ertalabdan ko‘chalarda, yo‘l chetlarida va guzarlar atrofida tozalash ishlari bilan mashg'ul bo'lgan yurtdoshlarimizni uchratamiz. Ular haqiqiy fidokorlar,  desak mubolag'a bo'lmas. Nurafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kunlik mehnat jarayonlari amalga oshirilmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#obuna_2026

❗️Ma’rifati boylar va tadbirkor hamyurtlar!
“Mash’al” gazetasiga obuna bo‘lmaysizmi!?

Gazetaga har oyga 33 000 so‘mdan 396 000 so‘m evaziga bir yillik obuna bo‘lmaysizmi?

Nashr ko‘rsatkichi – 7024.

📍Obuna tahririyat va pochta filiallarida rasmiylashtiriladi.

⭕️Muroj
aat uchun:
https://t.me/mashal_gzt yoki quyidagi telefon raqamiga bogʻlaning:
+99899 850-30-27.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#bildirish

👉 Gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi


👉"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida ta'mirlash ishlar olib boriladi.

Ga'z ta'minoti vaqtincha to'xtatiladigan iste'molchilar:

Xonadonlar soni: 150 ta
Ulgurji iste'molchilar soni: 4 tani tashkil qiladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 25-noyabr
Soat 14:00 dan 24:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda gaz ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Ma'rifat" (Bobur) MFY "P. G'oziyev" ko'chasi

🏙Nurafshon shahri: To'ytepa (Uchqun) MFY "Uchqun" ko'chasi

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +99899-004-81-04

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#bugunning_gapi

Atmosfera havosining ifloslanish darajasi, sabablari o‘rganilib, unga qarshi tezkor choralar ko‘rilmoqda

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, geografiya fanlari doktori Doniyor Turg'unov 2025-yil 23-noyabr sanasiga kelib Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston sharoitida atmosfera havosining ifloslanish darajasi, sabablari va ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Bu jarayon kichik gradiyentli, yuqori bosimli atmosfera jarayoni hisoblanadi. Jarayon oqibatida inversiya xossalari saqlanib qolmoqda.

Inversiya hodisasi havoning vertikal harakatini belgilab beradi. Bunday vertikal harakatning noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida atmosfera havosining ifloslanish turg‘unligi ma’lum darajada saqlanib qolmoqda.

Oqibatlarni yumshatish chora-tadbirlari olib borilmoqda.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_gapi

Mamlakatimizda kuzatilayotgan atmosfera havosining ifloslanishi va uni keltirib chiqarayotgan asosiy omillar haqida O‘zgidromet rahbari Sherzod Xabibullayev tushuntirish berdi.

Batafsil videomurojaatda ko‘rishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e'lon

Nurafshon shahrida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Shahar hokimi kubogi"ga marhamat
!

Hurmatli tashkilot rahbarlari va xodimlari!

⚽️2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilotlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik ruhini oshirishdan iborat.


⚽️Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 2025-yil 26-noyabr kuni soat 12:00 da Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda barcha tashkilot rahbarlari va jamoalarning mas’ul vakillari ishtirok etishi so‘raladi.

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun tel.: +998770140411

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#muhim

Korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish masalasida yig'ilish o'tkazildi


Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi eng katta illatlardan biridir. Unga qarshi kurashish — har birimizning fuqarolik burchimizdir.


Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida shahar hokimi I. Klichxanov va shahar prokurori T. Karimov boshchiligida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig'ilishda shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, imom-xatiblar hamda mas’ul idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda hokim va prokuror korrupsiyaning jamiyatga salbiy ta’siri, uni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, din vakillari ham so'zga chiqib, korrupsiyaning milliy qadriyatlarimizga salbiy ta'sirini ta’kidladi.


Yakunda esa korrupsiyaga qarshi kurashish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1