Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#BU_MUHIM

Majburiy badalni o'z vaqtida to'lab borishingiz, avvalo, Sizning manfaatingizga xizmat qiladi. Nima uchun deysizmi? Batafsil videorolikda tanishing!

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Prezident Olimpiadasining ochilishidagi nutqini to‘xtatib, quvonchli yangilik – yurtdoshimiz Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida g‘alaba qozonganini e’lon qildi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
#jarayon

Boshqaruv servis kompaniyasi: Muammolarga tezkor yechim


Oldinlari koʻp qavatli uylarning qurilish-ta'mirlash ishlarini boshqargan shirkatlar oʻrniga boshqaruvning yangi tizimi – Boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilganiga hali ko'p muddat bo'lmadi. Shu vaqt oralig'ida esa mazkur tizim o'zini hamda o'zlari xizmat ko'rsatayotgan fuqarolar ishonchini oqlab kelmoqda.

"Bekzod servis 777" (MCHJ) BSK xodimlari bu safar Nurafshon shahridagi "Taraqqiyot" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda va ularning tomlarida ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Pirovardida esa tomlar ta’mirlanib, kirish joylari va yo‘laklar tartibga keltirilmoqda. Bir so'z bilan aytganda atrof-muhit obodonlashtirilmoqda.


Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#dolzarb

Har bir ma’lumot — taraqqiyot uchun xizmat qiladi!


Savol: Kasalxonalarda davolanayotgan odamlar qanday tartibda ro‘yxatga olinadi?

Javob: Shifoxonada vaqtincha davolanayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning oila a’zolari tomonidan taqdim etiladi. Tibbiyot muassasasida doimiy ravishda yashaydigan shaxslar haqidagi ma’lumotlar esa shifoxona ma’muriyati tomonidan kiritiladi.

👉Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish ishlari e'tibor markazida.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#muhim

Shahar hokimining aholiga murojaati yo‘llandi


Joriy yilning 27-noyabr kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanovning shaharda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan murojaati yo‘llandi.


Murojaatda so‘nggi davrda shahar miqyosida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Shuningdek, hokim tomonidan mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar hamda ularni hal etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Nurafshon shahar hokimligi mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar doimiy e’tiborda bo‘lishini hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar izchil davom ettirilishini ma’lum qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urug'lik_paxta
#Zaxira

🗺Toshkent viloyatida 2026-yil hosili uchun 5072 tonna urug‘lik paxta jamg‘arildi

2026-yil chigit ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent viloyatida jami 5072 tonna urug‘lik paxta tayyorlangan bo‘lib, uning asosiy qismini mahalliy navlar tashkil etadi. “S-8290”, “Sulton”, “S-6524”, “Namangan-77”, “Ravnaq-1”, “Ravnaq-2” kabi hudud sharoitiga mos navlar bo‘yicha jami 4546  tonna urug‘lik jamg‘arildi. Ushbu navlar istiqbolli hosildorlik, kasalliklarga nisbatan chidamlilik va qayta tiklanuvchanlik ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.

➡️Alohida ta’kidlash joizki, 2026-yil uchun xorijiy navlar bo‘yicha ham yetarli zahira shakllantirildi. Xususan, yuqori hosildorligi bilan sinovlardan o‘tgan “Xin Lu Zao 78” hamda “Xin Lu Zhong-57” navlari bo‘yicha jami 526 tonna urug‘lik tayyorlandi. Mazkur navlar viloyatning ayrim hududlarida intensiv texnologiyalar bilan ekiladigan maydonlar uchun mo‘ljallangan.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#muhim

5000 qadam yurish marafoni o'tkazildi


Nurafshon shahar sport maktabida tibbiyot birlashmasi tarkibidagi mehnat jamoalari ishtirokida ertalabki badan tarbiya mashqlari va 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlarining jismoniy faolligini oshirish hamda ularni sog‘lom hayot sari rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi. Yurish marafonida barcha bo‘lim va muassasalardan salomatligimiz posbonlari bo'lgan - shifokorlar faol ishtirok etdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar salomatlik uchun muhim bo‘lgan jismoniy mashqlarni bajardilar. Yakunda yaxshi natija ko'rsatgan va boshqalarga namuna bo'lgan bir guruh xodimlar tashkilotchilarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1