Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
#muhim

"Mikrokreditbank" ATB mutasaddilari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Mustafoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda professional ta’lim va maktab bitiruvchilari, band bo‘lmagan fuqarolar, yoshlar yetakchilari va bank xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, "Mikrokreditbank" tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar va yangi loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, taklif va muammolarini bayon etishdi.

A. Mustafoyev yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, startap loyihalarni moliyalashtirish, kredit olish tartibi va shartlari haqida to‘liq tushuntirish berdi.

Uchrashuvni Nurafshon shahri hokimining o‘rinbosari Sh. Inomxonov olib bordi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍41🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Bugun Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Mustafoyev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

👉Bu haqida batafsil yuqoridagi videorolik orqali tanishasiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍3🔥1👏1
#e'lon

Nurafshon shahrida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Shahar hokimi kubogi"ga marhamat
!

⚽️Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 29-noyabr kuni Nurafshon shahar sport maktabi arenasida sportning mini futbol turi bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Hokim kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilotlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida jamoaviylik ruhini oshirishdan iborat.


⚽️Ma'lumot uchun 19 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun to'p suradilar. Har bir guruh g'olibi va eng yaxshi ikkinchi o'rin natijasini qayd etgan klub 1/2 final yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Barcha sport ishqibozlarini musobaqaga taklif qilamiz. Yangi chempion kim bo‘lishini birga kuzatamiz!

Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun tel.: +998770140411

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Nurafshon shahrida mini futbol bo‘yicha “Shahar hokimi kubogi” musobaqasiga start berildi

⚽️Bugun Nurafshon shahridagi sport maktabi arenasida mini futbol bo‘yicha tashkilot xodimlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Shahar hokimi kubogi” musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Nurafshon shahar hokimligi va sport sohasining mas’ul rahbarlari barcha ishtirokchi jamoalarga muvaffaqiyat tiladilar. Mazkur musobaqa zamonaviy sharoitlarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stona muhit va jamoaviylikni mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.


⚽️Joriy yilgi musobaqada 19 ta jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqaga rasmiy start berildi va uchrashuvlar yuqori saviyada bo'lib o'tmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
#muhim

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda bu boradagi ishlarni reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 962-sonli transformator punktiga (TP) himoya to‘siqlari o‘rnatilmoqda.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi, avvalo, hududda yashovchi aholi, ayniqsa, bolalar va o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#savol_javob

👉Savol:
Pensiya va nafaqaning farqi nimada?

Javob
: Haligacha yoshga doir pensiya va nafaqa bir tushuncha deb hisoblaysizmi? Aslida unday emas.

Pensiya va nafaqaning farqi shundaki:

🗣 Kamida 7 yil ish stajiga ega bo‘lgan 55 yoshdagi ayollar va 60 yoshdagi erkaklar yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga egadirlar.

🗣 Ish staji 7 yilga yetmagan ayollar 60 yoshdan hamda erkaklar 65 yoshdan yoshga doir nafaqaga chiqishlari mumkin.

Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

🌿 Nurafshon shahrida atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududda changlanishni kamaytirish maqsadida erta tongdan boshlab yo‘l qoplamalari yuvilmoqda, yashil maydonlar esa muntazam sug‘orilmoqda.

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan mazkur ezgu yumushlar havodagi chang miqdorini kamaytirish va aholiga qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
Kuz-qish mavsumi doirasida ishlar bajarilmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda reja asosida bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunda soha xodimlari mahalla va ko‘chalarda daraxt va gul ko‘chatlari ekish, yashil hududlarni parvarishlash, yo‘lak va piyodalar yo‘llarini tozalash, jamoat joylarida obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1