Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#muhm

📚KELAJAK SOATI


Ma'lumki, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashabbusi bilan haftaning har dushanba kuni ta'lim muassasalarida "Kelajak soati" darslari o'tkazilmoqda. Bugungi darslar "Mening  huquqlarim" mavzusi doirasida tashkil etildi.

Nurafshon shahridagi 4-umumta'lim maktabida "Kelajak soati" darslari yuqori saviyada bo'lib o'tdi.

O‘quvchilar dars davomida huquq va majburyatlarini bilish - insonning o‘zini anglash, jamiyatda munosib o‘rin egallashi va Vatan oldidagi burchini ado etishida muhim omil ekanini bilib olishdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4
#OGOHLANTIRISH

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha talablar kuchaytirildi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-sonli qarorida qishloq xoʻjaligi maydonlaridagi qoʻshimcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mahsulot yetishtirish hajmini oshirishga oid muhim vazifalar belgilab berilgan.

Ushbu qarorga muvofiq, dala chetlari, kanallar va kollektor-drenaj tizimlari atrofidagi boʻsh maydonlar, aholi tomorqalari hamda koʻp qavatli uylar oldidagi yerlardan unumli foydalanish orqali yurtning eksport imkoniyatlarini oshirish koʻzda tutilgan.

Qarorda belgilangan asosiy talablar:

🔹 “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq barcha davlat organlari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolar belgilangan tartiblarga amal qilishlari shart.

🔹 Karantindagi mahsulotlarni ruxsatnomasiz qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

🔹 Dala chetlaridan samarali foydalanib mahsulot yetishtiruvchilarga
ichki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul rasmiylashtirib beriladi.

🔹 Har yili 1 aprelga qadar dala chetlariga ekin ekish va yil davomida mahsulot yetishtirish talab etiladi.

Talablar bajarilmagan taqdirda qoʻllaniladigan choralar:

❗️ 1 aprelga qadar ekin ekish va mahsulot yetishtirish amalga oshirilmasa (fors-major holatlardan tashqari):
• fermerga tegishli barcha qishloq xoʻjaligi yerlari uchun yer soligʻi stavkalari uch barobar qilib hisoblanadi;
• davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar toʻxtatiladi;
• dala chetlarini ikkilamchi ijaraga olganlarga tuman ishchi guruhi xulosasiga koʻra BHMning 10 baravarigacha jarima qoʻllaniladi;
• doimiy foydalanish uchun berilgan yerlar bir yil davomida samarasiz holda qolgan taqdirda, ularni qayta koʻrib chiqish boʻyicha tegishli idoralarga taqdimnoma kiritiladi;
• qonunchilikka muvofiq maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi mumkin.


Xulosa

Qishloq xoʻjaligi maydonlaridan oqilona foydalanish – umummilliy manfaatdir. Yerdan samarali foydalanish eksportni oshiradi, iqtisodiyotga hissa qoʻshadi va eng muhimi, yurtning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi.

Shu bois, barcha fermer va yer egalari belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi yana bir bor eslatiladi.
2
#zo'ravonlikka_qarshi

Nurafshonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Xabaringiz bor, mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Nurafshon shahrida ham aholi vakillari hamda yoshlar ishtirokida davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan mas’ullar ishtirokida o‘tkazilayotgan targ‘ibot uchrashuvlarining asosiy maqsadi — xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishdan iborat.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga ushbu sohadagi qonunchilik, mavjud imkoniyatlar hamda muammolarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushunchalar berilmoqda.



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4
#muhim

Atmosfera havosining ifloslanish darajasi, sabablari o‘rganilib, unga qarshi tezkor choralar ko‘rilmoqda

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, geografiya fanlari doktori Doniyor Turg'unov 2025-yil 23-noyabr sanasiga kelib Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston sharoitida atmosfera havosining ifloslanish darajasi, sabablari va ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Bu jarayon kichik gradiyentli, yuqori bosimli atmosfera jarayoni hisoblanadi. Jarayon oqibatida inversiya xossalari saqlanib qolmoqda.

Inversiya hodisasi havoning vertikal harakatini belgilab beradi. Bunday vertikal harakatning noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida atmosfera havosining ifloslanish turg‘unligi ma’lum darajada saqlanib qolmoqda.

Oqibatlarni yumshatish chora-tadbirlari olib borilmoqda.

🌐Batafsil

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Iste’molchi murojaati” yangi elektron tizimi ishga tushirildi

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, Raqobat qo‘mitasi tomonidan "Iste’molchi murojaati" elektron tizimi yaratilib, joriy yilning 1-dekabridan boshlab ishga tushirildi.

📲 Ushbu platforma orqali jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini onlayn shaklda yuborishi, ko‘rib chiqilish jarayonini real vaqt rejimida kuzatishi va yakuniy natija bilan tanishishi mumkin bo‘ladi.

Endilikda iste’molchilar o‘z murojaatlarini “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali yoki o‘zlariga qulay bo‘lgan usullarda “Play market” va “App store” platformalariga joylashtirilgan ilovalar orqali qulay va tezkor  yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


👉Batafsil videoinfografikada Manba

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#Diqqat_e'lon!

Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan joriy yilning 2-dekabr kuni soat 9:30 da Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi binosida Nurafshon shahar Kambagallikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi, Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

Mazkur yarmarkada barcha ish qidirayotgan yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan har bir fuqarolarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz!

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#inson_qadri

Keksa avlod vakillari uchun "Inson aziz, qadr muqaddas" shiori ostida tadbir tashkil etildi


Nurafshon shahar Nuroniylar jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkillangan uchrashuvda nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari, imkoniyati cheklangan fuqarolar, korxona va tashkilot vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni jamg‘arma raisi Jo‘ra Axmedqulov ochib, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va inson qadri haqida gapirdi.

Mazkur jarayonda qur’on tilovat qilindi, mas’ullar nutq so‘zladi, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazildi. "Buvijonlar maktabi" a’zolari tomonidan qo‘shiqlar kuylab, raqslar ijro etildi. Tadbirda inson qadri, keksalarga hurmat va ehtirom ustuvorligi alohida ta’kidlandi. Shu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning tez-tez o‘tkazilishi jamiyatimizda mehr-oqibat, hurmat va ehtirom muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 51 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 84 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 27 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 38 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 18 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#muhim

Bugun, 1-dekabr kunidan Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" boshlandi.

Hurmatli yurtdoshlar!
Yong‘in xavfsizligi oyligida har birimiz yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilaylik, o‘zimiz va yaqinlarimiz hayotini asraylik. Uy va ish joylarida ochiq olovdan ehtiyot bo‘ling, elektr jihozlarini to‘g‘ri ishlating va yong‘in sodir bo‘lsa, tezda favqulodda xizmatlarga xabar bering.

👉Nurafshon shahar FVB ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1