Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#zo'ravonlikka_qarshi

Nurafshonda “
Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu jumladan, Nurafshon shahrida ham aholi vakillari hamda yoshlar ishtirokida davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan mas’ullar ishtirokida o‘tkazilayotgan targ‘ibot uchrashuvlarining asosiy maqsadi — xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishdan iborat.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga ushbu sohadagi qonunchilik, mavjud imkoniyatlar hamda muammolarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushunchalar berilmoqda.



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4