Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#muhim

Bugun, 1-dekabr kunidan Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" boshlandi.

Hurmatli yurtdoshlar!
Yong‘in xavfsizligi oyligida har birimiz yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilaylik, o‘zimiz va yaqinlarimiz hayotini asraylik. Uy va ish joylarida ochiq olovdan ehtiyot bo‘ling, elektr jihozlarini to‘g‘ri ishlating va yong‘in sodir bo‘lsa, tezda favqulodda xizmatlarga xabar bering.

👉Nurafshon shahar FVB ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#jarayon

Boshqaruv servis kompaniyasi: Muammolarga tezkor yechim


Oldinlari koʻp qavatli uylarning qurilish-ta'mirlash ishlarini boshqargan shirkatlar oʻrniga boshqaruvning yangi tizimi – Boshqaruv servis kompaniyalari tashkil etilganiga hali ko'p muddat bo'lmadi. Shu vaqt oralig'ida esa mazkur tizim o'zini hamda xizmat ko'rsatayotgan fuqarolar ishonchini oqlab kelmoqda.

Xabaringiz bor, "Begzod servis 777" (MCHJ) BSK faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu kompaniya xodimlari bu safar shahrimizdagi "Obod turmush" mahallasida joylashgan 51-ko'p qavatli uyda ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Pirovardida esa kirish joylari va yo‘laklar tartibga keltirilmoqda. Bir so'z bilan aytganda atrof-muhit obodonlashtirilmoqda.


Mazkur ishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini yaratishga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Har yili 1-dekabrda dunyo bo‘ylab Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida tadbirlar o'tkaziladi. Ushbu kun insonlarni OITS (Odam immunitet tanqisligi sindromi) va uning sababi bo‘lgan OIV (odam immunitet tanqisligi virusi) haqida xabardor qilish, kasallikka chalinganlarni qo‘llab-quvvatlash va kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida tashkil etiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#tadbir

Nurafshon shahridagi "Yoshlar markazi"da "O‘zbekiston davlat satira teatri" vakillari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi

👉Tadbirda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Bunday tadbirlar xodimlarning madaniy xordiq chiqarishigina emas, balki ularning dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy ongi va intellektual salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fleshmob

Hurmat va mehr — jamiyatning mustahkam poydevori

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahrida davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydonda fleshmob tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘l harakatlari orqali zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, sog‘lom va hurmatga asoslangan munosabatlarni targ‘ib etish g‘oyasini ifoda etdilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MUNOSABAT

"Millar" dasturi orqali efirga uzatilgan Nurafshon shahridagi “Qumariq” MFY “Shabnam” ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tarmoqlarida muammolar yuzaga kelgani, hududga noxush hid tarqalayotgani bilan bogʻliq murojaat yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mazkur holatlar Nurafshon shahar hokimligi tomonidan o‘rganilib, mavjud muammolar nazoratga olindi hamda ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf etildi. Mazkur masalani bartaraf etish jarayonida tegishli tashkilotlar tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilib, muammoni qisqa muddatda hal etish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍2
#bildirish

⚡️ Ayni paytda elektr ta’minotida vaqtinchalik roʻy bergan uzilishlar soat 21:30 gacha bartaraf etiladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi ma’lum qiladi:

Nurafshon shahriga kirib keluvchi shahar elektr tarmog'i tasarrufida boʻlmagan hozirda ''Milliy elektr tarmoqlari''ga qarashli boʻlgan L-KD 110kV kuchlanishli liniyasida avariyaviy holat ta'mirlanmoqda.


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 1-dekabr
soat 21:30 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri:
Navroʻz MFY
Obod Turmush MFY
Muqumiy MFY
Qumariq MFY
Evalak MFY
Toʻytepa MFY
Dehqonobod MFY
Oybek MFY
Ma'rifat MFY
Yangiobod MFY
Taraqqiyot MFY
Birlik MFY
Yuksalish MFY
Oppoq MFY
Obod mahallalarida  elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👏3👍2👎2👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

🌿 Nurafshon shahrida atmosfera havosini yaxshilashga qaratilgan faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hududda changlanishni kamaytirish maqsadida erta tongdan boshlab yo‘l qoplamalari yuvilmoqda, yashil maydonlar esa muntazam sug‘orilmoqda.

Mazkur say-harakatlar havodagi chang miqdorini kamaytirish va aholiga qulay ekologik muhit yaratishga xizmat qilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
2👍2
#giyohvandlikka_qarshi

Nurafshon shahar 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Nurafshon shahar IIB HPB Voyaga yetmaganlar masalalari bo'yicha katta inspektor-psixolog, kapitan M. Jumaboyeva hamda maktab ma’muriyati hamkorligida "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning iste’moli hamda ularning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarni oldini olish, shuningdek, unga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbirda mavzuga oid videorolik ham namoyish etildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#ofarin

Sportchilarimiz musobaqada yetakchilar qatorida

“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqasi davom etmoqda. E’tiborli jihati shundaki, viloyatimiz sportchilari g‘alabaga bo‘lgan qat’iyati, mahorati va yuksak ruhiy tayyorgarligi bilan yuqori natijalarni qayd etishmoqda.

🥇Xususan, og‘ir atletika yo‘nalishida +102 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda viloyatimiz polvoni Xasanboy Xolmuratov barcha raqiblaridan ustun kelib, munosib ravishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

🥇Shuningdek, taekvondo WT yo‘nalishida 59 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasur Karimov va +68 kgda Asrorova Sitoralar yuqori mahorat, tezlik va jangovar ruhini namoyon etib, o‘z raqiblari orasida tengsizligini isbotlashdi hamda faxrli birinchi o‘rinni egalladi.


Shunday qilib, qo‘lga kiritilgan medallar yig‘indisi bo‘yicha Toshkent viloyati umumjamoa hisobida 2-o‘rinda bormoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri

Keksa avlod vakillari uchun "Inson aziz, qadr muqaddas" shiori ostida tadbir tashkil etildi


Nurafshon shahar Nuroniylar jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkillangan uchrashuvda nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari, imkoniyati cheklangan fuqarolar, korxona va tashkilot vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.


Batafsil videolavha orqali tanishasiz.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3
#yashil_makon

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari joylarda obodonlashtirish tadbirlarini muntazam amalga oshirmoqda. Ular yo'l bo'ylari va guzarlarni, shuningdek, "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida yangi tashkil etilgan bog' hududlarida ko'kalamzorlashtirish ishlarini yuritmoqda. Bu tadbirlar shahar infratuzilmasini yaxshilash va yashil maydonlarni kengaytirishga qaratilgan bo'lib, aholi uchun qulay va sog'lom muhit yaratishga xizmat qiladi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1