Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
47.6K photos
4.53K videos
61 files
13.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fleshmob

Hurmat va mehr — jamiyatning mustahkam poydevori

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan mamlakatimizda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahrida davlat bayrog‘i o‘rnatilgan maydonda fleshmob tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘l harakatlari orqali zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, sog‘lom va hurmatga asoslangan munosabatlarni targ‘ib etish g‘oyasini ifoda etdilar.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati