Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#yurakdan_yurakkacha

Nurafshon shahrida “
Yurakdan yurakkacha” xayriya aksiyasi davom etmoqda

Joriy yilning 3–4-dekabr kunlari Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakkacha” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir imkoniyati cheklangan shaxslar hamda maxsus internat muassasalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo'lib, ularning mehnati va ijodini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Aksiya doirasida yoshlarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan ijodiy ishlaridan iborat ko‘rgazma va savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bu esa tashrif buyurganlarda iliq taassurot qoldirdi.

Tadbirda Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, hokim o'rinbosarlari va bir guruh faollar ishtirok etdi. Mehmonlar aksiyada qatnashgan bolalar va yoshlarga alohida e’tibor ko‘rsatishdi. Ularning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1