#yurakdan_yurakkacha
Nurafshon shahrida “Yurakdan yurakkacha” xayriya aksiyasi davom etmoqda
✅Joriy yilning 3–4-dekabr kunlari Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Yurakdan yurakkacha” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
✅Mazkur tadbir imkoniyati cheklangan shaxslar hamda maxsus internat muassasalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida bo'lib, ularning mehnati va ijodini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Aksiya doirasida yoshlarning o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan ijodiy ishlaridan iborat ko‘rgazma va savdo yarmarkasi tashkil etildi. Bu esa tashrif buyurganlarda iliq taassurot qoldirdi.
✅Tadbirda Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, hokim o'rinbosarlari va bir guruh faollar ishtirok etdi. Mehmonlar aksiyada qatnashgan bolalar va yoshlarga alohida e’tibor ko‘rsatishdi. Ularning ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishishdi.
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

👍1