Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#adliya_kuni

Nurafshon shahar adliya bo‘limi, YuXKM, DXM va “Madad” NNT xodimlari tomonidan "Qumariq" MFYda “ Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda 14 nafar fuqaro ishtirok etishdi. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 3 ta murojaat adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, shu kuni ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qaror va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan uchrashuv "Ma’rifat" mahallasida o‘tkazildi.

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev rahbarligida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi "Ma’rifat" mahallasida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarga Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qonunlarga hurmat, huquq va majburiyatlarni to‘g‘ri anglashning aholi hayotidagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
"Fayz" kafesida 10 nafar bolajon uchun tantanali sunnat to‘yi o'tkazib berildi

Nurafshon shahrida ezgulik va mehr-oqibat an’analarini mustahkamlash maqsadida 10 nafar yosh avlod vakillari uchun tantanali sunnat to‘yi tashkil etildi. "Fayz" kafesida o‘tkazilgan ushbu xayrli tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Sh. Inomxonov, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari K. Shodmonov, san’at sohasining taniqli namoyandalari hamda bolalar va ularning oilalari ishtirok etdi.


Kechada bolajonlar uchun turli madaniy chiqishlar va musiqiy dasturlar namoyish etildi. Bayram dasturxoni zamonaviy va o‘ziga xos tarzda bezatilib, bolajonlarga iliq tilaklar bildirildi. Tadbirning eng muhim lahzalaridan biri — yoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib, ularga esdalik sovg‘alari va zamonaviy velosipedlar topshirildi.

Mazkur tadbir Nurafshon shahar hokimligi tomonidan aholi farovonligini oshirish va ularni qo'llab-quvvatlash yo‘lidagi izchil ishlarning amaliy ifodasidir.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍8🔥1👏1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari  ma’lum qiladi:

N.St. Toʻytepa 110.35.6kVdan chiquvchi A. Navoiy 6kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.




🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 6-dekabr
soat 09:00 dan 15:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Nurafshon", "Yoshlik" mahallalari  hamda "Yangiobod" MFYdagi 10 va 16 qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlarida


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Fayz" kafesida 10 nafar bolajon uchun tantanali sunnat to‘yi o'tkazib berildi

Tadbirda bolajonlar uchun turli madaniy chiqishlar va musiqiy dasturlar namoyish etildi. Bayram dasturxoni zamonaviy va o‘ziga xos tarzda bezatilib, bolajonlarga iliq tilaklar bildirildi. Tadbirning eng muhim lahzalaridan biri — yoshlarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib, ularga esdalik sovg‘alari va zamonaviy velosipedlar topshirildi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5
📊 Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish — barchamiz uchun muhim jarayon.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Bu sana mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega, Chunki Konstitutsiya O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni sifatida davlat tuzilishi, boshqaruv tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning asosiy tamoyillarini belgilab beradi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3