Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 5-dekabr kuni Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov rahbarligida majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla “yettiligi” a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, jumladan, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari muhokama qilindi.


Shu bilan birga yig‘ilishda kuz-qish mavsumida aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Konstitutsiya – taraqqiyot kafolati

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Nurafshon shahar “Oppoq” MFYda joylashgan 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi. O'tkazilgan huquqiy targ'ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👌1
#yong'in_xavfsizligi

Mamlakatimizda 1-dekabrdan 30-dekabrgacha "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda


Nurafshon shahar FVB boshlig‘i, podpolkovnik M. Xalilov tomonidan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimligi majlislar zalida o’tkazilgan tadbirda korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotlarda ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Podpolkovnik M. Xalilov yong‘in xavfsizligiga rioya qilishning ahamiyati, jamoat joylari va ishlab chiqarish korxonalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar hamda ularni oldini olish choralari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bu kabi targ’ibot tadbirlar joylarda davom etmoqda.



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#samaradorlik_formulasi #konstitutsiya

KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI


👍 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Samaradorlik formulasi” loyihasida asosiy qomusimizdagi moddalar, ularning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati yana bir bor eslatib o‘tildi.

👍 Asosiy qonun — faqat huquqiy hujjat emas, balki har bir fuqaroning farovon kelajagini belgilab beradigan mustahkam huquqiy poydevordir.

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#targʻibot

Konstitutsiya – adolatli jamiyat poydevori


👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Obod” mahallasidagi 62-umumta’lim maktabida ham huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Fuqorolik ishlari boʼyicha Oʼrtachirchiq tumanlararo sudi rais va sudyalari: A.Yuldashev, Sh. Xolxo'jayev va X. Ibodullayevalar ishtirok etdi. Mutasaddilar fuqarolar bilan suhbatlashib, asosiy qonunning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar yo‘lidagi muhim qadamlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, Konstitutsiyaviy bilimlarini yanada boyitishdi. Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Konstitutsiya – adolatli jamiyat asosi

👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Taraqqiyot” mahallasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda Nurafshon shahar IIB mas'ullari ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Ular asosiy qonunning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va ularning hayotimizdagi ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritdi.

Tadbir davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, konstitutsiyaviy bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishdi. Mazkur uchrashuvlar aholining huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari  ma’lum qiladi:

N.St. Toʻytepa 110.35.6kVdan chiquvchi A. Navoiy 6kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.




🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 9-dekabr
soat 09:00 dan 15:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Nurafshon", "Yoshlik" mahallalari  hamda "Yangiobod" MFYdagi 10 va 16 qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlarida


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati