Nurafshon shahri hokimligi
3.18K subscribers
44K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#Nurafshon
#yong‘in_xavfsizligi_oyligi
#profilaktika

📢 Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida shahardagi aholi xonadonlarida xonadonbay tarzda profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔥 Profilaktik tadbirlarda asosiy eʼtibor fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi noxush holatlarning oldini olishga qaratilmoqda.

👨‍💻 Shu kabi profilaktik tadbirlar reja asosida shaharning barcha mahallalarida tizimli ravishda tashkil etilmoqda.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
🔥1👏1
#yong'in_xavfsizligi

Mamlakatimizda 1-dekabrdan 30-dekabrgacha "
Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda

Kuz-qish mavsumi chindanam mas'uliyatli palla. Bunda har bir fuqaro yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi muhim. Nurafshon shahridagi "To'ytepa" mahallasida joylashgan "To'ytepa" jome masjidida kuz qish mavsumiga tayyorgarlik, is gazidan zaharlanishni oldini olish hamda yong'in xavfsizligi borasida proflaktik suhbatlar olib borildi.

Ushbu targ'ibot tadbirida Nurafshon shahar FVB boshlig'i, podpolkovnik M. Xalilov ishtirokchilarga yo'riqnomalar bo'yicha foydalanish, yong'in xavfsizligi talablariga amal qilish va kuz-qish davrida yanada mas'uliyatli bo'lish lozimligini ta'kidladb o'tdi. Shuningdek, masjid mas'ullari bilan bu borada amalga oshirilishi ko'zda tutilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.


Ana shunday targ'ibot tadbirlari hududlarda davom etmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#yong'in_xavfsizligi

Mamlakatimizda 1-dekabrdan 30-dekabrgacha "
Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda

Nurafshon shahar FVB boshlig‘i, podpolkovnik M. Xalilov tomonidan "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimligi majlislar zalida o’tkazilgan tadbirda korxona va tashkilot rahbarlari, mahalla raislari hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirok etdi.

Ochiq muloqotlarda ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Podpolkovnik M. Xalilov yong‘in xavfsizligiga rioya qilishning ahamiyati, jamoat joylari va ishlab chiqarish korxonalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar hamda ularni oldini olish choralari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Bu kabi targ’ibot tadbirlar joylarda davom etmoqda.



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2