Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini bo'lib o'tdi!

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ota-onalar uchun maroqli va bilimga boy tadbir tashkil etildi. “Zakovat” intellektual o‘yini davomida ishtirokchilar:
• mantiqiy savollarga javob berishdi,
• jamoaviy birgalikda fikrlashdi,
• o‘z bilim va zakovatini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbir nafaqat ota-onalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamladi, balki ularning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#jarayon

Elektr ta’minoti sifatini yaxshilash ishlari olib borilmoqda


Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hududlarda elektr energiyasi ta’minotini yanada barqaror va xavfsiz qilish maqsadida bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, shahar hududidagi transformator punktlarini ta’mirlash, mavjud elektr tarmoqlarini soz holatga keltirish, himoya to‘siqlari o‘rnatish va boshqa profilaktik ishlar tizimli ravishda bajarilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

"Navro'z" mahallasidagi ichki yo'llarga asfalt yotqizilmoda


Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash, asosiy qatnov yo’liga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozir esa bu yerdagi o'zgarishlar anchayin salmoqli ko'rinish kasb etib bormoqda. Biz esa fursatdan foydalanib, markaziy shifoxona atrofi zamonaviy qiyofa kasb etayotganini, aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratilayotgan tekis va ravon yo'llarni kameramiz obyektiviga muhrladik.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#diqqat_e'lon

📢 E'LON!
NURAFSHON SHAHAR IIB BOSHLIG'I QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 7-dekabr kuni, soat 11:00 da
🔹 Nurafshon shahri "Oybek" MFY binosida
🔹Nurafshon shahar IIB boshlig'i, podpolkovnik A. Yuldashev fuqarolarni qabul qiladi.

Muammolaringiz, taklif va murojaatlaringiz bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyuring!

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#jarayon

Nurafshon shahri hokimi “Navro‘z” mahallasidagi yangilanishlarni ko‘zdan kechirdi


Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov “Navro‘z” mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Hududga tashrif davomida shahar hokimi yo‘l va infratuzilma obyektlarining ta’miri, asosiy qatnov yo‘liga asfalt yotqizish, mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish ishlarining sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, Ilxom Klichxanov hududni piyoda kezib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


Mazkur ishlar natijasida “Navro‘z” mahallasi aholisi uchun zamonaviy va qulay infratuzilma yaratilishi ko‘zda tutilgan.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Davlatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori bo‘lib kelayotgan – Konstitutsiya har bir kishining erkin va osoyishta hayot kechirishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda inson huquq va erkinliklarini kafolatlash garovidir.
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni mazkur qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati