Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#biz_giyohvandlikka_qarshimiz

⚡️ Nurafshon shahridagi 4, 10, 19, 25, 48-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida Nurafshon shahar IIB katta inspektor-psixologi, kapitan M. Djumabayeva, katta leytenant I. Abduqayumovlar tomonidan "Biz giyohvandlikka qarshimiz!" mavzusida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va unga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi va mavzuga oid bo‘lgan videorolik namoyish etildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv "Dehqonobod" mahallasida o‘tkazildi.

Tadbirga Nurafshon shahar prokurorining yordamchisi S.Zafarov boshchilik qildi. Uchrashuv davomida u mamlakatimiz Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, aholining asosiy huquq va majburiyatlari, shuningdek, huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha tushuntirib berdi.

Muhokama jarayonida fuqarolarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoatchilikning huquqiy ongini yuksaltirishga qaratilgan masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida huquqiy madaniyatni oshirish borasida bundan buyon ham shunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishi ta’kidlandi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#targʻibot

Konstitutsiya – adolatli jamiyat poydevori


👉 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahrining “Oybek” mahallasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda shahar hokimligi bosh yuriskonsulti A. Muqimov ishtirok etib, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni, fuqarolarning huquq va
erkinliklari haqida ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar savollariga javob oldilar va huquqiy materiallar bilan ta’minlandilar. Bunday tadbirlar fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Благодаря стратегически выверенным реформам и созданию широких возможностей для инвесторов в энергетике Нового Узбекистана произошли поистине революционные изменения.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasida 42 ta yangi quvvatlarni ishga tushirdi va 21 ta loyiha qurilishini boshlab berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев дал старт работе 42 энергетических объектов и строительству 21 нового проекта.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
#ochiq_muloqot

Xususiy o'quv markazlari bilan uchrashuv tashkil etildi

👉 Bugun Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, xususan, Gennis Innovative School, Elite school, Hi School, Spectre School va Step School kabi ta’lim markazlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda hokim o‘rinbosari Sh. Inomxonov, Yoshlar ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi B. Egamov ham qatnashdi. Uchrashuvda tadbirkorlik salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini shahar hokimiga yetkazishdi.


Ochiq muloqotda Ilxom Klichxanov tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda zarur choralarni belgilab berdi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍31🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot

Xususiy o'quv markazlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim markazlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍4👏1🤝1
#rasmlar_tanlovi

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi o‘tkazildi


Nurafshon shahridagi 10-umumta’lim maktabining 3-"A" sinfida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali Konstitutsiyamizning ahamiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari hamda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida o‘z tasavvurlarini ifodalashdi. Tanlov davomida bolalarning yurtimizga, qonun ustuvorligiga bo‘lgan hurmat va ehtiromi, milliy qadriyatlarimizga sadoqati o‘z aksini topdi.


Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yaxshi rasm mualliflari aniqlanib, ular maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
#jarayon

Shaharda tozalik va obodonchilik ishlari olib borilmoqda


Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar markazlari, yo‘llar atrofi va guzarlar hududida muntazam tarzda tozalash va obodonchilik ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida chiqindilar yig‘ishtirilib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1