Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#rasmlar_tanlovi

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan
rasmlar tanlovi o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi 10-umumta’lim maktabining 3-"A" sinfida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali Konstitutsiyamizning ahamiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari hamda mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida o‘z tasavvurlarini ifodalashdi. Tanlov davomida bolalarning yurtimizga, qonun ustuvorligiga bo‘lgan hurmat va ehtiromi, milliy qadriyatlarimizga sadoqati o‘z aksini topdi.


Tanlov natijalariga ko‘ra, eng yaxshi rasm mualliflari aniqlanib, ular maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1