Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan davra suhbati


8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar “Buvijonlar maktabi” faollari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbir davomida “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Jo'ra Axmedqulov Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi asosiy g‘oyalar va ayniqsa nuroniylarga, keksalar huquqlarini himoya qilishga oid moddalarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. U keksalar oila, jamiyat va davlat e’tiborida ekanini, Konstitutsiyada ularning huquqiy kafolatlari aniq belgilab qo‘yilganini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati jarayonida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, faol muloqotda bo‘lishdi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#xushxabar

"Nurafshon" "QDU" jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi!


🏆 Jizzax viloyatida futbol bayrami! Toshkent viloyatining faxri – “Nurafshon” jamoasi yana bir bor o‘z kuchini namoyon etdi. Avval “Yaypan” ustidan 3:2 hisobida ga'alaba qozongan jamoamiz “Uchquduq”ni 5:0 hisobida yutgan bo'lsa, navbatdagi bahsda ham “QDU”ni 4:2 yirik hisobda mag‘lub etdi!

Endi jamoamiz 1/2 final bosqichiga yo‘l oldi. Bu bosqich ancha qiziq va oson bo‘lmasligi aniq, ammo jamoamizning jipslik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi kuchli!

🔥 G‘alabamiz – fidoyilik va jamoaviy harakat natijasi!

👏 Barcha futbolchilarimizni va sadoqatli muxlislarimizni ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda hali eng asosiy o'yinlar. Ishonamiz, “Nurafshon” hali ko‘plab g‘alabalar bilan barchamizni quvontiradi!

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
‼️Maktablarda maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovga arizalar tanlov.uzedu.uz orqal qabul qilinmoqda.

Jarayon ikki bosqich (test va suhbat) dan iborat.

Mazkur bosqichdan o‘tganlar maslahatchi lovozimida ish boshlashi mumkin.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

👉 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
“1-LIGA O’TISH TURNIRI”
Jizzax - 2025

Chorak final 1/4 “Nurafshon” - “QDU” 4:2 uchrashuvidan fotolavhalar.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
Nurafshonda “Dashun Group” korxonasida yangi qurilish ishlariga start berildi

Joriy yilning 6-dekabr kuni Nurafshon shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan, xitoylik investorlar tashkil etgan “Dashun Group” korxonasida yangi qurilish ishlariga start berildi. Shahar hokimi Ilxom Klichxanov ushbu tadbirda ishtirok etib, ramziy lentani kesdi va loyiha boshlanganini rasman e’lon qildi.

Erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan mazkur loyiha natijasida Nurafshon shahrida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. Qurilish-bunyodkorlik ishlari doirasida ilg‘or texnologiyalar joriy qilinishi, mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamkorligida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.


Mazkur tashabbus shahar iqtisodiyotining rivojlanishiga va hududda investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment

"Navro'z" mahallasidagi ichki yo'llarga asfalt yotqizilmoda


Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash, asosiy qatnov yo’liga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozir esa bu yerdagi o'zgarishlar anchayin salmoqli ko'rinish kasb etib bormoqda. Biz esa fursatdan foydalanib, markaziy shifoxona atrofi zamonaviy qiyofa kasb etayotganini, aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratilayotgan tekis va ravon yo'llarni kameramiz obyektiviga muhrladik.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1
“Navroʻz" mahallasida zamonaviy uylar foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-sonli farmoniga muvofiq Nurafshon shahri “Navroʻz” MFY "Toshkent yoʻli" koʻchasida bir dona 8 qavatli, jami 56 xonadondan iborat turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda shahar hokimining o‘rinbosari Sh. Inomxonov, Respublika ishchi guruhi a'zolari, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.


Sakkiz qavatli turar-joy majmuasi “Elit Haus stroy” MCHJ qurilish kompaniyasi tomonidan bunyod etildi. Uylarning har birida 1 xonali, 2 xonali, 3 xonali hamda 4 xonali zamonaviy kvartiralar joylashgan.

Mazkur turar-joy majmuasi aholining turmush darajasini oshirish, yosh oilalarning uy-joyli bo‘lishiga ko‘maklashish hamda shaharning obod va zamonaviy qiyofasini yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1👏1