Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#roʻyxatga_olish

Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan shtab faoliyati o‘rganildi


Joriy yilning 11-dekabr sanasida Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtabning faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida shtabning kundalik ish faoliyati,  hujjat yuritish tartibi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, ro‘yxatga olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

A. Eshbayev shtab a’zolariga ish samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligi  ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning shahar bo'limi bosh mutaxassisi Q. Rasulov, maktab rahbariyati hamda IIB xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilarga ma’ruzalar o‘qildi. Ekstremizm va terrorizm xavfidan ogoh bo‘lish hamda ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashishda faol bo‘lishga qaratilgan savol-javoblar bo'lib o'tdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5
"Obod turmush" mahallasida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Obod turmush" mahalla fuqarolar yig'inida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, aholining murojaatlari tinglandi. Shu kuni 4 nafar fuqaroning murojaati adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 6 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari  ma’lum qiladi:

N.St. Toʻytepa 110.35.6kVdan chiquvchi A. Navoiy 6kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari hamda viloyat qon quyish markazining tarmoqqa ulanishi uchun qayta tiklash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 12-dekabr
soat 09:00 dan 13:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Nurafshon", "Yoshlik" mahallalari  hamda "Yangiobod" MFYdagi 10 va 16 qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlarida


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati