Nurafshon shahri hokimligi
3.17K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
#roʻyxatga_olish

Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan shtab faoliyati o‘rganildi


Joriy yilning 11-dekabr sanasida Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtabning faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida shtabning kundalik ish faoliyati,  hujjat yuritish tartibi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, ro‘yxatga olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

A. Eshbayev shtab a’zolariga ish samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligi  ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1