Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ochiq muloqot tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustda qabul qilingan “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-247-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi “Dehqon bozori”MCHJda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, viloyat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilmurod Husanov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alishov hamda Markaziy bankning Toshkent viloyat bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mirzohid Umarov ishtirok etib, qarorning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirib berdilar.


Mutasaddilar tomonidan joriy yilning 1-noyabridan boshlab raqamli platformalar orqali masofaviy biometriya vositasi yordamida identifikatsiya qilish va mobil telefon raqamiga SMS xabar yuborish yo‘li bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyati yaratilgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, qaror doirasida maxsus huquqiy mezonlar joriy etilgani, tadbirkorlar o‘rtasida teng sharoitlarni ta’minlash, raqamli to‘lov platformalaridan samarali foydalanish yuzasidan fikrlar almashildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mobil telefonlar orqali platformadan foydalanish tartibi bo'yicha ma'lumotlar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men shifokorman.
Mening vazifam — inson sog‘lig‘ini asrash, har bir bemorga umid bag‘ishlash.

Sog‘liqni saqlash sohasida hamyurtlarimizga tez, sifatli va manzilli xizmat ko‘rsatish ro‘yxatga olish natijalariga ham bog‘liq.

Chunki har bir sog‘lom inson — sog‘lom jamiyat demakdir.

Siz ham sog‘lom jamiyat va farovon kelajak uchun ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting!

Har bir to‘g‘ri ma’lumot — taraqqiyot va yurt ravnaqi uchun xizmat qiladi!

Muhabbat Razikova,
shifokor
Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun Nurafshon shahridagi “Dehqon bozori”MCHJda o'tkazilgan ochiq muloqot jarayoni

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1