Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#dolzarb

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri - muhim jarayon


🗓11.12.2025.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi mavjud 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligida "Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish shtabi" tashkil etilgan. Va hozirda o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda.

Shtab tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida rejalashtirilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21👏1
“Madhiyam – Faxrim”

10-dekabr kuni Nurafshon shahridagi 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Madhiyam – faxrim” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda 4-A-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Sinf rahbari M. Maxamadjonova tomonidan sahnalashtirilgan tadbirda yoshlarning madhiyamizga bo‘lgan hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ulari mustahkamlandi. Shuningdek, o‘quvchilarning badiiy chiqishlari, ijro etilgan she’r va qo‘shiqlari tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍21
#savol_javob

👉III guruh nogironlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?


✔️ Qonunchilikka muvofiq, bugungi kunda III guruh nogironlik pensiyasi Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslargagina tayinlanadi.

_

👉Кому назначается пенсия по инвалидности III группы?

✔️ В соответствии с законодательством, на сегодняшний день пенсия по инвалидности III группы назначается только лицам, получившим инвалидность III группы вследствие Чернобыльской катастрофы.


Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 1 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
2
#targʻibot

Nurafshon shahrida aliment qarzdorligi masalalari bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi


Nurafshon shahar "Oila va xotin-qizlar" bo‘limi boshlig'i N. Djumanova hamda Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan bolalarning moddiy ta’minoti va aliment undiruvi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan joylarda fuqarolar bilan suhbatlar tashkil etildi.

Uchrashuvda aliment qarzdorligi va uni undirish tartibi, bolalarning huquqiy himoyasi, ota-onalarning o‘z farzandlari oldidagi majburiyatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan berilgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.


Shu bilan birga, mavjud muammoli holatlar o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bildirish

Gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi


👉"Nurafshonshahargaz" ta'minoti bo'limi shuni ma’lum qiladi:

Nurafshon shahri "Qumariq" MFY "Zarafshon" ko'chasida joylashgan ko'p qavatli yangi binoning qurilishi davom etayotgan hududda d-76 mmli yer usti o'rta bosimli gaz quvurlarini ko'chirish ishlari olib boriladi.

Ga'z ta'minoti vaqtincha to'xtatiladigan iste'molchilar:

Xonadonlar soni: 80 ta
Ulgurji iste'molchilar soni: 2 tani tashkil qiladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 12-dekabr
Soat 09:00 dan 17:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda gaz ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Qumariq" MFY "Toshkent yo'li" va "Zarafshon" ko'chalari

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞Murojaat uchun telefon raqami: +99899-004-81-04

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#roʻyxatga_olish

Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan shtab faoliyati o‘rganildi


Joriy yilning 11-dekabr sanasida Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtabning faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida shtabning kundalik ish faoliyati,  hujjat yuritish tartibi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, ro‘yxatga olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

A. Eshbayev shtab a’zolariga ish samaradorligini oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligi  ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 57-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari bo'yicha qo'mitaning shahar bo'limi bosh mutaxassisi Q. Rasulov, maktab rahbariyati hamda IIB xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilarga ma’ruzalar o‘qildi. Ekstremizm va terrorizm xavfidan ogoh bo‘lish hamda ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashishda faol bo‘lishga qaratilgan savol-javoblar bo'lib o'tdi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5
"Obod turmush" mahallasida fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Obod turmush" mahalla fuqarolar yig'inida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir doirasida sayyor qabul tashkil etilib, aholining murojaatlari tinglandi. Shu kuni 4 nafar fuqaroning murojaati adliya bo‘limi ish yurituviga olindi, 6 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek 4 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari  ma’lum qiladi:

N.St. Toʻytepa 110.35.6kVdan chiquvchi A. Navoiy 6kV havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari hamda viloyat qon quyish markazining tarmoqqa ulanishi uchun qayta tiklash ishlari olib borilishi sababli elektr energiyasi vaqtinchalik o‘chiriladi.


🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 12-dekabr
soat 09:00 dan 13:00 gacha


Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:

🏙 Nurafshon shahri: "Birlik", "Nurafshon", "Yoshlik" mahallalari  hamda "Yangiobod" MFYdagi 10 va 16 qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlarida


🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati