Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahridagi "Taraqqiyot" mahallasida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etildi

📅 2025-yil 13-dekabr holatiga


Yangi yil bayrami arafasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov tomonidan tasdiqlangan reja asosida "Taraqqiyot" mahallasida arzonlashtirilgan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu yarmarkada aholiga eng zarur mahsulotlar — go‘sht, sut, un, yog‘, shakar, shuningdek, kundalik iste’molda zarur bo‘lgan kartoshka, sabzi va piyoz kabi sabzavotlar imtiyozli narxlarda taqdim etilmoqda.

Yarmarka orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun mahsulotlar arzon narxlarda yetkazib berilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa bozorda narxlarning sun’iy ravishda oshirilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, yarmarkada yuqori sifatli va ekologik toza mahsulotlar taklif etilayotgani aholining mahsulot tanlash imkoniyatini oshirmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 E’LON!
NURAFSHON SHAHAR IIB BOSHLIG‘I QABULIGA MARHAMAT!


Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

📅 2025-yil 14-dekabr kuni
Soat 10:00 da
🔹Nurafshon shahar IIB binosida.

Nurafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik A.Yuldashev tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.

Agar Sizda mavjud muammolar, taklif yoki murojaatlar bo‘lsa, ushbu qabulda shaxsan ishtirok etishingiz mumkin.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshonda yangi yil shukuhi

🔹Har bir kun barchamizni yangi – 2026-yil sari yaqinlashtirmoqda. Ayni damda bayram shukuhi butun shahar bo‘ylab sezilmoqda. Nurafshon shahrida yangi yilga tayyorgarlik jarayonlari yuqori kayfiyatda boshlanib, korxona, tashkilot va muassasalarda bayramona muhit hukm surmoqda.

🔹Shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mohira Shoismanova hamda shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Nigora Shoumarova boshchiligida yangi yilga tayyorgarlik ko‘rish, bayram kayfiyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ular davlat tashkilotlariga tashrif buyurdi.

Guvohi bo'lganimizdek, tashkilot va muassasalar o‘ziga xos tarzda bezatilgan archa, yorqin sharlar, o‘yinchoqlar va bayram sovg‘alari bilan boyitilib, yangi yil kayfiyatini yanada oshirmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
7🔥1
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi xodimlariga tabrik

Поздравление работникам сельского хозяйства Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1👍1
#shukuh

Hurmatli qishloq xo‘jaligi fidoyilari!

Sizlarni mo‘l-ko‘lchilik, baraka va mehnat bayrami – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Yer bilan tillashib, har bir don urug‘iga mehr berib, quyosh tig‘i ostida, sovuq va issiqda tinmay mehnat qilayotgan siz azizlar – yurtimiz farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligining haqiqiy tayanchisizlar.

Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz tufayli dasturxonlarimiz to‘kin, bozorlarimiz sermahsul, kelajagimiz esa ishonchli bo‘lib bormoqda.

Bugun qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajribalar joriy etilmoqda, fermer va dehqonlarimizning mehnati munosib qadrlanmoqda. Bu yutuqlarning zamirida esa sizlarning fidoyiligingiz, mas’uliyatingiz va yurtga sadoqatingiz mujassam.

Bugungi bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va fayz-baraka, dalalaringizga mo‘l hosil tilaymiz.

Qilgan mehnatingiz doimo e’zozda bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ayni paytda Nurafshon shahrida "Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni" munosabati bilan viloyat tantanali bayram tadbiri boshlanish arafasida.

🎙Jarayonlarni biz bilan birga kuzating!
2👍1
#ziyorat

Ulug‘ meros bilan yuzma-yuz: rahbarlar uchun ma’rifiy sayohat

Viloyat hokimining tashabbusi bilan barcha tuman va shahar hokimlari, viloyat faollari viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida  O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazini ziyorat qilishdi.

Sayohat davomida ishtirokchilar markazda yaratilgan ilmiy-ma’rifiy majmua, uning maqsad va vazifalari hamda mazmunan boy ekspozisiyalari bilan yaqindan tanishishdi.

Markazda Islom sivilizatsiyasining jahon tamaddunida tutgan o‘rni, Markaziy Osiyo zaminidan yetishib chiqqan ulug‘ allomalarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng yoritilgani, qo‘lyozmalar va nodir manbalar fondi, muzey ekspozisiyalari hamda multimedia zallarida taqdim etilgan materiallar viloyat rahbarlarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, markazda zamonaviy arxitektura va ilg‘or axborot texnologiyalari orqali tarixiy merosni interaktiv usulda namoyon etish imkoniyati yaratilgan.
👍21
🔴🟦🟦

Ayni paytda viloyat markazi Nurafshonda “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Marosimda qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilib, viloyat iqtisodi, el dasturxoniga hissa qo‘shib kelayotgan mehnatsevar mirishkorlar, fermer va dehqonlar, klaster egalari, soha mutaxassislari hamda barcha tuman va shahar mutasaddi rahbarlari ishtirok etmoqda.

Bayram ishtirokchilari, dastavval, “Vatanparvar bog‘i”dagi Ikkinchi jahon urushi yillarida matonat, sabr-toqat va vatanparvarlik timsoliga aylangan o‘zbek ayoli – Zulfiya Zokirova haykali poyiga gul qo‘yish marosimida qatnashdi.

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar tadbir o‘tkaziladigan asosiy joyga yetib kelishdi. Bu yerda bayram uchun katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Mehmonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlar, mahalliy mahsulotlar hamda ilg‘or agrotexnologiyalarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, esdalik uchun fotosuratlarga tushishmoqda.

Jarayondan qaynoq lavhalar bilan sizlarni tanishtirib boramiz.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1