Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Tabrik

💐Bugun Nurafshon shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shoismanova Mohira Ruzmatovnaning tug‘ilgan kuni!


🔹Tashabbuskor, g‘ayrat-shijoatli Mohira Shoismanovani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz.

Hurmatli Shoismanova Mohira Ruzmatovna!


Shahrimizda ma’naviyat bayrog‘ini baland tutib, yoshlar va keng jamoatchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotganingiz uchun sizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Bugungi shodiyonangiz bilan qutlab, Sizga uzoq va sermazmun umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tiliga hurmat ruhini mustahkamlash borasidagi ezgu ishlaringizda esa Yaratganning o‘zi madadkor bo‘lishini tilaymiz.


Sizga yuksak hurmat va ehtirom bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi
👏108👍1🔥1🤝1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi


“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad 2026 – 2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o'qiydigan kitob soni)ni yiliga o'rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.

🏛 Qarorga ko'ra, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi tashkil etiladi uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

😀 Jamg'arma mablag'lari quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishi belgilandi:

🔺 tanlov orqali yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish va asarlarini nashr etish, bolalar adabiyoti yo'nalishidagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash;

🔺 tanlov orqali iste'dodli mualliflarni aniqlash va ularga
ijod qilish uchun sharoit yaratish maqsadida 1 yilgacha BHMning 50 baravari miqdorida har oy haq to'lash;

🔺 eng sara xorijiy adabiyotlarni o'zbek tiliga va milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilishda nashrga tayyorlash va chop etish xarajatlarining 50 foizi hamda mualliflik huquqi uchun xarajatlarning 80 foizini qoplash;

🔺 vasiylik kengashi a'zolariga har chorakda BHMning 50 baravarigacha miqdorda mukofot to'lash.
👏1
🎉 Tabrik 🎉
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

💐16-yanvar– Nurafshon shahri hokimligi bosh mutaxassisi Xakimov Azimjon Xamid o'g'lining tavallud topgan kunidir.

💐 Hurmatli Azimjon Xakimov! Sizni chin qalbimizdan ushbu quvonchli sana bilan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, baxtli va fayzli hayot, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi, ijtimoiy barqarorlik va xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz e’tiborga loyiq. Kelgusida ham faoliyatingizga zafarlar yor bo‘lsin!

Sizga yuksak hurmat va ehtirom bilan,
Nurafshon shahri hokimligi jamoasi
👏6👍2🤝1
Forwarded from Raqobat qo‘mitasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 ДИҚҚАТ, ТАНЛОВ!

🇺🇿 “15 март – Бутунжаҳон истеъмолчилар ҳуқуқлари куни” муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси томонидан “Истеъмолчилар ҳуқуқларини таъминлаш бўйича энг яхши корхона”ни аниқлаш учун танлов ўтказилади.

🎉 Танловда корхоналар қуйидаги йўналишларда ғолиб бўлишлари мумкин:

Умумий овқатланиш
Чакана савдо
Онлайн савдо
Молиявий хизматлар
Хизматлар соҳаси
“Қурилиш соҳаси” хизматлари.

🏆🏅 Ғолиблар Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш соҳасидаги ваколатли орган томонидан таъсис этилган “Истеъмолчи ишончи” сифат белгиси эътирофига сазовор бўлади.

🎄 Танлов ғолиблари “15 март – Бутунжаҳон истеъмолчилар ҳуқуқлари куни” арафасида эълон қилинади ва тантанали тарзда мукофотлаш маросимида ғолибларга совғалар топширилади.

👉 Танловда иштирок этиш учун 16 январдан 20 февралгача (шу куни ҳам) cabinet.fairtech.uz сайти орқали рўйхатдан ўтилади.

📞 Қўшимча маълумот учун: (71) 207-47-00 (321, 266)

🔝 Батафсил

➡️ Танлов шартлари билан танишиб чиқиш

Telegram |Press_service| Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#census_2026

Men farzandlarim kelajagi uchun ro‘yxatdan o‘tdim!
Siz-chi?


Siz ham census.stat.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting!

Chunki har bir ma’lumot, har bir fuqaro va har bir qarich yer — Yurtimiz taraqqiyoti uchun juda muhim!

Aleksandr Bekjanov,
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist
👍42
#census_2026

📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Axror Eshbayev,
Nurafshon shahri hokimining birinchi o‘rinbosari


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3🤝21🔥1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda

Joriy yilning 16-yanvar kuniOybek” MFY hududida joylashgan 12-sonli musiqa va san'at maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “Obod” va "Ma'rifat" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi a'zolari O. Musurmonqulov va B. Chinazbekov, mahalla faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Targ‘ibot tadbirida shahar hokimi Ilxom Klichxanov asosiy ma’ruza bilan ishtirok etib, Prezident Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari hamda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni aholiga batafsil va sodda tilda tushuntirib berdi.

Uchrashuv savol-javob ruhida bo'lib o'tdi.
👍2🔥1👏1🤝1
#census_2026

📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Xurshid Pidayev,
Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxassisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3👏1
Nurafshon shahrida 2026-yilda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, Nurafshon shahrida 2026-yilda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish Nurafshon shahar prokurori T.Karimov va shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Yuldashevlar boshchiligida o‘tkazildi. Unda mas’ul idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olish jarayonida qonuniylikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda hamkorlikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1👏1🤝1