Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi.
Aholining huquqlarini ta’minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertizaning ham markazlashgan tungi navbatchiligini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish topshirildi.
Ilg‘or tajriba asosida aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari sohasi va hududidan qat’i nazar, fuqaro murojaatini qabul qiladi, ko‘chada formali xodimga qilingan murojaat “102”ga xabar bergan bilan teng bo‘ladi.
Tumandagi barcha 55 ta mahalladagi profilaktika inspektorining xizmat xonasi eshigi u bilan tezkor bog‘lanish uchun aloqa tugmasi bilan jihozlanadi. Ya’ni profilaktika inspektori qayerda bo‘lmasin, aholi uni qo‘l telefoni va planshetiga tun-u kun bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.
Profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan ko‘rinishda formani tayyorlash topshirildi. Inspektorlarning ishi raqamlashtiriladi, “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan tergovga qadar tekshiruv guruhlari tuziladi.
Bundan buyon profilaktika inspektoriga KPI qo‘yishda protokol tuzish mezon bo‘lmaydi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun ham juda deklarativ yozilgani, haqiqiy holat asosida amalda ishlaydigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni ham profilaktikaga yo‘naltirgan va ta’sirchanligini oshirgan holda yangilash muhimligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X

O‘tgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi, “soya”da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p. Ularning aksariyati yoshlar.
Ular narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20-25 million so‘m sarflayapti. Giyohvand mablag‘ topish ilinjida jinoyatga qo‘l urishi tabiiy. O‘tgan yili respublika bo‘yicha 64 nafar shaxs giyohvand modda ta’sirida jinoyat qilgan, uning uchtadan bittasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.
Shu yildan boshlab narko ekspress-testlardan ommaviy foydalanishga o‘tilishi belgilandi.
Giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida rahbarning alohida o‘rinbosari bo‘ladi.
Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining o‘rinbosarlaridan biri bu yo‘nalishga mas’ul etib belgilanadi.
Giyohvandlarni davolashga eng kamida to‘rt oy vaqt talab etiladi. Mutasaddilarga xususiy sheriklik asosida aholiga narkologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Shaharda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan sintetik moddalar so‘nggi besh yilda 11 karra oshgan.
Sintetik narkotiklarning 95 foizi internet orqali tarqatilib, to‘lov kriptovalyutada bo‘layotgani, narkolaboratoriyalar mamlakat ichida ochilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, qonunchilikda davlat organlarining bu boradagi vazifalari ham aniq ko‘rsatilmagan. Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.
Endilikda agentlikning mas’uliyati kuchaytirilib, unga mutasaddi idoralar ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baho berish vakolati beriladi. Agentlik barcha kuch va vositalarga ega bo‘ladi.
Agentlik rahbari R.Mamatov faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.
1999-yilda qabul qilingan narkotiklar haqidagi qonunni yangidan ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani qayd etildi.
Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, AQSh va boshqa davlatlardagi elchixonalarimizda ichki ishlar vakili lavozimi joriy qilindi. Ushbu vakillar xorijdagi hamkasblari bilan ishlab, bunday zo‘ravonliklarga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlaydi, yurtdoshlarimizni yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini oladi.
Mutasaddilarga transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yaxlit tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Ichki ishlar vazirligida uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha alohida xizmat tashkil qilinadi.
O‘tgan yili poytaxtda ushlangan uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida 259 nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar va sportchilar bo‘lgani o‘ta tashvishli hol ekani qayd etildi.
Sportchilarning aksariyati ko‘cha bezorisiga aylanib ketayotgani, joylarda pul uchun yashirin janglar tashkil qilish holatlari ko‘paygani qayd etildi.
Mutasaddilarga bu yo‘nalishda nazoratni ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Jangovar sport turlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni kasbga o‘qitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.

Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi ta’kidlandi.
Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.
Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.
Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi.
Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.
Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.
Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.
Facebook|Instagram|X
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.
O‘zlashtirilgan mablag‘lar kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda.
Bularni tezkor fosh etish va to‘xtatish uchun huquq-tartibot xodimlari kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi lozimligi qayd etildi.
Shu bois, Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi.
Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma ochiladi.

🤝1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
Ichki ishlar vazirligi milliardlab pullarni faqat qurilish va texnika uchun so‘rayotgani, lekin pastdagi xodimlarni dardini ko‘tarib chiqmayotgani qayd etildi.
Yuzdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar o‘tkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obro‘sini oshirish bo‘yicha qator yangiliklar e’lon qilindi.
Jumladan, joriy yil 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada ko‘p yillik staji uchun 5 million so‘mgacha oylik ustama beriladi.
Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda o‘qigan davri ham stajga qo‘shiladi.
Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik to‘lov 1,8 million so‘mdan 3,1 million so‘mga oshiriladi.
Shuningdek, 1-fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi.

Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidladi.
Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yo‘l-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qo‘riqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda.
Shuning uchun ham chorrahada turgan yo‘l-patrul xodimi janjallashayotgan ikki odamni ajratishni o‘z xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qo‘riqlash xizmati xodimining esa binodan tashqarida taqiqlash belgisi ostida qoldirib ketilgan mashina bilan ishi yo‘q. Patrul-post mashinasida xizmat o‘tayotgan xodim svetofor ishlamayotgan chorrahadan oddiy haydovchilar qatorida befarq o‘tib ketadi.
– dedi Prezidentimiz.
Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.
Ushbu bo‘linmalar uchun xizmatni o‘tash, muomala madaniyati, tezkor harakatlanish, kuch va qurol ishlatish bo‘yicha yagona standartlar joriy etilib, ular servis tuzilmaga aylanishi belgilandi.

“Ilg‘or tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida ishlaydi, politsiya “Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi” degan gapni aytmaydi.
Har bir holatga “labbay” deb javob bergani uchun ham aholi ularni himoyachisi deb biladi”,
– dedi Prezidentimiz.
Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.
Ushbu bo‘linmalar uchun xizmatni o‘tash, muomala madaniyati, tezkor harakatlanish, kuch va qurol ishlatish bo‘yicha yagona standartlar joriy etilib, ular servis tuzilmaga aylanishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
👍1🤝1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Tergov bo‘yicha kadr tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizim – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi. Unda yiliga 200 dan ortiq tergovchi tayyorlanyapti.
Lekin poytaxtda ichki ishlarda 100 ta tergovchi lavozimi uch oydan buyon vakant. Bu yuklama ham boshqa xodimlarga tushgani uchun sifat yo‘qolib borayotgani qayd etildi.
– dedi Prezidentimiz.
Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun ichki ishlardagi tergovchilar o‘z xizmat vazifasini hududiy ichki ishlar rahbarlaridan mustaqil olib borishi juda muhimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tergov organlari faoliyatini va ish hajmiga mos ravishda shtatlarni qayta ko‘rib chiqib, qaror va qonun loyihalari to‘plamini kiritish topshirildi.

“2025-yil sudda 422 ta shaxs oqlangani sudyalarni mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat. Bu, albatta, yaxshi! Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?
Tergovda son emas, sifat bo‘lishi kerak. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarur”,
– dedi Prezidentimiz.
Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun ichki ishlardagi tergovchilar o‘z xizmat vazifasini hududiy ichki ishlar rahbarlaridan mustaqil olib borishi juda muhimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga tergov organlari faoliyatini va ish hajmiga mos ravishda shtatlarni qayta ko‘rib chiqib, qaror va qonun loyihalari to‘plamini kiritish topshirildi.
Facebook|Instagram|X
🤝1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
So‘nggi yillarda davlat boshqaruv organlarida ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani o‘z natijasini bermoqda. Lekin bu jarayon huquq-tartibot idoralarining ishiga sekin kirib kelayotgani, ularning faoliyati tashqaridan xolis o‘rganilmayotgani qayd etildi.
Bu idoralarning yopiq holatda ishlashi ularni o‘ziga ham, jamoatchilikka ham foyda keltirmasligi, sohada o‘zgarish, rivojlanish bo‘lmasligi ta’kidlandi.
Butun dunyoda huquq-tartibot faoliyati va qonuniylikni ta’minlashga javob beradigan adliya tizimi eskicha ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Endi adliya tizimini ham kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu borada birinchi qadam sifatida Adliya vazirligi tomonidan huquq-tartibot idoralarining faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Huquqni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, adliya organlarining aniq roli, yangi vazifa va vakolatlari belgilanadi.
– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.
Yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

“Biz Toshkent shahrida jinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim qilyapmiz.
Shu bois, poytaxtga respublikadan biriktirilgan mas’ullar tumanga tushganda majlisbozlik bilan shug‘ullanmasdan, aholi muammolarini eshitishi, yuqoridagi masalalar bo‘yicha yangi tajribalar qilib, natija ko‘rsatishi shart”,
– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.
Yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Facebook|Instagram|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ`ib etilmoqda
🗓 26.01.2026
✅ Nurafshon shahri hokimlik a’zolari va shahar mas’ullari ishtirokida Nurafshon shahrida “DEHQONOBOD” va “TO’YTEPA” mahallalar aholisi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo’yicha navbatdagi muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
❤4👍1
📣 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar❗️
📆 2026-yil 30-yanvar kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universitetining 5-qavat zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkaziladi. Sizni mazkur yig‘ilishga taklif etamiz!
✅ Bu yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan o‘z savollaringizga javob olishingiz mumkin:
➖IT ta’lim va IT yo‘nalishidagi o‘quv markazlari faoliyati;
➖IT-Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
➖IT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
➖Sun’iy intellekt.
➖Internet xizmati;
➖Mobil aloqa;
➖Telekommunikatsiya;
➖Pochta xizmati;
✅ Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Yig‘ilish tafsilotlari:
📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universiteti binosi
📆 Vaqt: 2026-yil, 30-yanvar, soat 15:00
Hurmat bilan,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X

❤2
📣 Уважаемые граждане и предприниматели! ❗️
📆 30 января 2026 года в 15:00 в зале на 5-м этаже здания государственного университета «Cyber University», расположенного в махалле «Янгиобод» города Нурафшон Ташкентской области, состоится выездной приём руководства Министерства цифровых технологий, посвящённое вопросам цифровых технологических услуг.
Приглашаем вас принять участие в данном мероприятии!
✅ В ходе совещания вы сможете получить ответы на свои вопросы по следующим направлениям:
➖деятельность учебных центров в сфере IT-образования;
➖получение статуса резидента IT-Park и предоставляемые налоговые льготы;
➖возможности для IT- и логистических компаний;
➖искусственный интеллект;
➖услуги интернета;
➖мобильная связь;
➖телекоммуникации;
➖почтовые услуги.
✅ Кроме того, у вас будет возможность высказать свои мнения и предложения, а также напрямую обсудить существующие проблемы с представителями министерства.
Информация о мероприятии:
📍 Ташкентская область, г. Нурафшон, махалля «Янгиобод», здание государственного университета «Cyber University»
📆 Дата и время: 30 января 2026 года, 15:00
С уважением,
Министерство цифровых технологий

❤1
▫️▫️▫️▫️▫️
🏆 “Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda
✅ Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
🟣 1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;
🟣 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;
🟣 8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;
🟣 11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;
🟣 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!
#tashabbusli_budjet #open_budget
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
📣 DIQQAT! E’LON
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi va tadbirkorlari!
📝 Aholining iqtisodiyot va moliya sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida 2026-yil 29-yanvar kuni Nurafshon shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
📌 Sayyor qabul Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi mas’ullari hamda Nurafshon shahri iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbariyati boshchiligida tashkil etiladi.
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, “Taraqqiyot” mahallasi, mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
⌛️ Boshlanish vaqti: soat 11:00
☎️ Murojaatlar uchun telefon: (99) 497-14-02
https://t.me/Nurafshonpressa

#jarayon
📌Nurafshonda yo‘llar muzlamadan tozalanmoqda: Xavfsizlik — ustuvor vazifa!
📆 28.01.2026
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

👍Nurafshon shahrida qishki mavsumning noqulay ob-havo sharoitida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tun-u kun ish tashkil etilmoqda. Ayni paytda Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus texnikalari yordamida yo`llarni tozalash ishlari davom etmoqda

👍4❤1