Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О широком праздновании 690-летия со дня рождения великого государственного деятеля и полководца, покровителя науки, культуры и искусства Сахибкирана Амира Темура"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 514 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 514 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 123 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 291 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 147 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 28 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 190 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 92 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 33 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 107 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 175 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 53 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 11 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
62-maktabda o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Nurafshon shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 62-umumta’lim maktabining holati va faoliyati shahar huquq-tartibot idoralari rahbarlari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida maktabning ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, moddiy-texnika bazasi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab binosining ta’mirtalab hududlari alohida nazoratga olinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mas’ullarga belgilangan vazifalar bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Mazkur o‘rganish ishlari maktablarda ta’lim sifati va xavfsiz muhitni ta’minlash, o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida muntazam davom ettiriladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Bir lahzada...

Uning orzulari mo‘l edi.
Bolalikdagi beg‘ubor orzular…
Hayotdan maqsadi, rejalari bisyor edi.

Ota-onasining umidi katta,
yaqinlarining ishonchi mustahkam edi.

Ammo…

Birgina noto‘g‘ri qaror uning butun boshli hayotini ostin-ustun qildi.

Shuni unutma!

U asta-sekin hammasini olib qo‘yadi.

Avval — sog‘lig‘ingni.
Keyin — irodangni.
So‘ngra — orzularingni.
Oxir-oqibat esa…
O‘zingni.


Bir lahzalik qiziqish
bir umrli afsusga aylanishi mumkin.

Hayotingni o‘zing tanla.
Orzularingni asra.
Narkotikka “yo‘q” de!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi

Bugun, 6-fevral kuni, Nurafshon shahrida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” o‘tkazildi. Tadbir “ZOOM” platformasi orqali tashkil etilib, unda viloyatdagi 22 ta tuman va shahar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Feruza Muhitdinova hamda “Ma’shal” gazetasi bosh muharriri, viloyat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Otabek Isroilov tomonidan “Halollik vaksinasi” tushunchasining mazmun-mohiyati yoritib berildi.


Shuningdek, Respublika ishchi guruhi a’zosi Nuriddin Normatov korrupsiyaga murosasiz munosabat, halollik tamoyillari va davlat xizmatchilarining mas’uliyati muhim ekanini ta’kidladi.

Tadbirdan so‘ng Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov tomonidan alohida yig‘ilish o‘tkazilib, unda mas’ul rahbar va mutasaddilarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, belgilangan reja-jadvallar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.


https://t.me/Nurafshonpressa
👍2👏1
#FuqarolarDardiniEshitish

Nurafshon shahri hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi


📅 2026-yil 6-fevral kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahar aholisi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 🏛👥

Ochiq muloqotda fuqarolar kommunal xizmatlar, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish, ishga joylashish, kadastr va elektr ta’minoti kabi masalalarda 12 ta murojaat bilan chiqdi. 🏠💡📈
Shulardan biri joyida hal qilindi , qolganlari mas’ullarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi. 📋🔍


Shahar hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi. ✍️💼

Mazkur tadbirda Prezidentimizning:
💬 “Davlat hokimiyati fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal qilishga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari amaliy tarzda namoyon bo‘ldi. Aholining dardini eshitish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi. 🤝


https://t.me/Nurafshonpressa
2👍2👏1