Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.9K photos
4.26K videos
61 files
13.1K links
Download Telegram
#FuqarolarDardiniEshitish

Nurafshon shahri hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi


📅 2026-yil 6-fevral kuni Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahar aholisi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 🏛👥

Ochiq muloqotda fuqarolar kommunal xizmatlar, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, qurilish, ishga joylashish, kadastr va elektr ta’minoti kabi masalalarda 12 ta murojaat bilan chiqdi. 🏠💡📈
Shulardan biri joyida hal qilindi , qolganlari mas’ullarga yo‘naltirildi va nazoratga olindi. 📋🔍


Shahar hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi. ✍️💼

Mazkur tadbirda Prezidentimizning:
💬 “Davlat hokimiyati fuqarolarning muammolarini tezkor va samarali hal qilishga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari amaliy tarzda namoyon bo‘ldi. Aholining dardini eshitish va amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi. 🤝


https://t.me/Nurafshonpressa
2👍2👏1