Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
44.4K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
📌 “Adliya kuni” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 19-fevral kuni Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Obod” MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.


Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida keng qamrovli huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

✔️ 4 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi;
✔️ 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.


Bundan tashqari, fuqarolarga oilaviy nizolarni oldini olish, ajrimlarning salbiy oqibatlari, oila mustahkamligini saqlash masalalari yuzasidan huquqiy va profilaktik tushuntirishlar berildi.

Tadbir aholining huquqiy madaniyatini oshirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2
#kitob_taqdimoti
#alla_tanlovi

Nurafshon shahri “Nuroniy va ma’naviyat” maskanida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimoti hamda “Alla” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nuroniy buvijonlar, jamoatchilik vakillari, soha mutaxassislari va yoshlar ishtirokida bo'lib o'tdi.


🔺Mazkur tadbir shahar "Nuroniy" jamg'armasi qoshidagi "Buvijonlar maktabi" a'zolari va RMMM Nurafshon shahar bo'linmasi tashabbusi bilan tashkil qilindi. Bo'lib o'tkan tadbirda J.Ahmedkulov milliy o‘zligimizni asrash, boy ma’naviy merosimizni avaylab, uni kelajak avlodga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanini ta’kidladilar. “Milliy qadriyatlar atlasi” xalqimizning urf-odatlari, an’analari va nomoddiy madaniy merosini o‘zida jamlagan muhim manba sifatida e’tirof etildi.

🔺Kitob taqdimoti doirasida o‘tkazilgan “Alla” tanlovida ijrochilar ona mehrini, milliy ruh va ezgulikni tarannum etgan allalarni mahorat bilan kuyladilar. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish va yosh avlod qalbida milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

@Nurafshon_shahar_manaviyat

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👏2
🔴MEHNAT YARMARKASI: TOSHKENT VILOYATIDA

Xorijda ishlash niyatida bo‘lgan yurtdoshlarimizni 20-21 - fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan mehnat yarmarkalariga taklif qilamiz!

Tadbir davomida fuqarolarimizga mehnat migratsiyasi bo'yicha quyidagi ma'lumotlar beriladi:

Xorijda mavjud rasmiy ish o‘rinlari;
Mehnat shartnomasi;
Talab etiladigan hujjatlar;
Ishga joylashish tartibi.

Tadbir tashkilotchilari:
➡️ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi;
➡️ Xususiy bandlik agentliklari federatsiyasi;
➡️ Toshkent viloyati hokimligi.

Ushbu yarmarka xorijda ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun aniq, ishonchli va rasmiy axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.

20-fevral — Oqqo'rg'on tuman "Kasbiy ko'nikmalar markazi" binosida
Manzil: Oqqo'rg'on tuman, Toovul MFY, Oybek ko'chasi (Monomarkaz)
🗺 Lokatsiya

21-fevral — Toshkent viloyat "Yoshlar ishlari agentligi" binosida
Manzil: Nurafshon shahar, Birlik MFY, Toshkent yo'li ko'chasi, 60-uy
🗺 Lokatsiya

Tadbirlar 10:00 dan -13:00 gacha davom etadi.
Xorijda qonuniy va xavfsiz ishlash istagidagi barcha fuqarolarimizni ushbu yarmarkada kutib qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Xorijdaish.uz
🌐 YouTube | 🌐 Instagram

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI


XALQ DEPUTATLARI NURAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI


18.02.2026

Telegramdan chiqmasdan turib tomosha qilish uchun
@nurafshonlive manziliga o'ting.
Shuningdek  platformalarda ham tomosha qilishingiz mumkin
.

🚀Telegram 📷Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍1
Forwarded from Hudud Inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Доналд Трамп: “Шавкат Мирзиёев — менинг дўстим, мамлакатингизда ишлар зўр кетяпти, сиз зўр кетяпсиз!”

АҚШ президенти Тинчлик кенгашининг биринчи саммитида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевни алоҳида эътироф этди.

Каналга уланиш: 👇
@hudud_inform
Instagram | Facebook
👍1
Nurafshon shahrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi amaliy uchrashuv va o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya bosh mutaxassisi X.Rahmonov, Nurafshon shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘ba mudiri A.A. Jonqobilov hamda shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy rivojlantirish sho‘basi mutaxassisi X.S. Tojiboyeva ishtirok etdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, bolalarning ijtimoiy himoyasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni tibbiy-ijtimoiy rivojlantirish hamda manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularning sabablari hamda bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mas’ullar tomonidan ijtimoiy himoya tizimida qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, har bir holatni individual yondashuv asosida o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur ishlar kelgusida ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar uchun qulay va samarali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga xizmat qiladi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
1
#Murojaat

Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimovning shahar aholisiga murojaati

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda eng samarali vosita — bu fuqarolarning huquqiy ongi va hushyorligidir.


Har birimiz o‘zimiz va yaqinlarimizni himoya qilish uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Shubhali holatlarga befarq bo‘lmasdan, o‘z vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish orqali jamiyat xavfsizligiga hissa qo‘shishimiz mumkin.

➡️ BATAFSIL

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
1👍1