Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Axmadjonov Mirkarim Mirmahmud o‘g‘li Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

M.Axmadjonov 1995-yilda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2022-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining pedagogika (gidromelioratsiya yo‘nalishi) mutaxassisligini tamomlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u Nurafshon shahridagi “Taraqqiyot” mahallasida yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

#tayinlov

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍165👏5🔥1🤝1


Kurbanov Baxtiyor Bakirbay oʻgʻli Nurafshon shahar hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi


B.Kurbanov 1996-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi — jurnalist.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u “Yoshlar kundaligi” media loyihasi rahbari sifatida, shuningdek, Toshkent viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

#tayinlov

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥52👏2🤝1


HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH – USTUVOR VAZIFA

🗣Huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bugungi kunda davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni shu maqsatda Nurafshon shahrida xotin-qizlar katta inspektori, hududiy profilaktika inspektorlari va hamkor tashkilotlar tomonidan notinch hamda ijtimoiy xavf ostidagi oilalar o‘rganilmoqda. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy nizolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan, mahalla faollari hamda jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaytirilgan.


Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorlashib, qayta huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik ishtiroki ortmoqda.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👎1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Facebook|Instagram|X
👍2
🔴🟦🟦

🔴 Ayni vaqtda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda shahar korxona va tashkilot mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, murojaatchilarning muammolari joyida o‘rganilib, qonun doirasida amaliy yechimlar berilmoqda.

🗣Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda kommunal xizmatlar yo‘nalishlaridagi murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz har gal biz yoshlar bilan uchrashganida yuksak e'tibor va g'amxo'rlikni his qilamiz — Kamronbek Hakimov, Nurafshon shahri "Obod turmush" mahallasi yoshlar yetakchisi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3


“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA NURAFSHON SHAHAR HOKIMI VA YOSHLAR O‘RTASIDA JONLI MULOQOT

🇺🇿Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti davomida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanishi ma’lum qilingan edi.

Mazkur vazifa ijrosi doirasida bugun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi barcha bo‘g‘in rahbarlari hududlarda yoshlar bilan jonli muloqotlar o'tkazmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri shahardagi 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi tomonidan qatnashchi yigit-qizlarning g‘oya va tashabbuslari, startap hamda takliflari tinglanib, ularni hal etish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


🗣Shuningdek, shahar hokimi maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1