NURAFSHON SHAHAR PROKURORI YOSHLAR BILAN MULOQOT QILDI
✅ Uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, yoshlar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, murojaatlar asosida aniqlangan muammolarni joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1🔥1
NURAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" LOYIHASINING BAHORGI MAVSUMIGA JIDDIY TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA
✅ Nazorat jarayonida korxona va tashkilotlarga biriktirilgan yer maydonlarini ekish mavsumiga tayyorlash, hudud iqlimi va infratuzilmasiga mos, parvarishi qulay hamda manzarali ko‘chat turlarini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sug‘orish tizimlarining mavjudligi, suv manbalaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay yashil makonlarni yaratishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
RAMAZON MUNOSABATI BILAN IFTORLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
✅ Nurafshon shahar hokimligi tomonidan maxsus dastur asosida ehtiyojmand oilalarda iftorlik tadbirlari tashkil qilinib, xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Bugun shunday tadbirlardan biri shahar hokimi o‘rinbosari F.Shomurodov boshchiligida “Qumariq” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan oila xonadonida amalga oshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🤝2🔥1
YOSHLAR MUAMMOLARIGA E’TIBOR — USTUVOR VAZIFA
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq yondashuv belgilab olinib, ularni qonuniy va tizimli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
✅️ Shuningdek, yoshlarni bandlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlanganidek, har bir yoshning taqdiri va kelajagi jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik, amaliy yordam ko‘rsatish va ishonchli muloqot o‘rnatish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“YOSHLAR KUNI”DA RAHBARLAR YOSHLAR ORASIDA
Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida barcha rahbarlar hududlarda yoshlar bilan jonli muloqotlar o‘tkazdi.
⚠️ Uchrashuvlarda qariyb besh yuzga yaqin yigit-qizlar o‘z g‘oya, startap va tashabbuslari, shuningdek, murojaatlari bilan ishtirok etdi. Jarayon davomida 57 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi. Shundan 16 tasi joyida hal etildi, 38 tasi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, 3 ta murojaat esa yo‘l xaritasiga kiritildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤7🤝2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat
Bugun hurmatli Prezidentimiz — Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan shahrimizdagi barcha bo‘g‘in rahbarlari yoshlar bilan muloqot qildik, fikr almashdik.
Ularning g‘oya va tashabbuslari, startap va takliflari, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rgandik. E’tiborlisi, tadbirkorlik qilish va rivojlanish istagidagi faol yoshlarning bu intilishlari, tashabbus va g‘oyalari ular bilan bir davrada o‘tirgan uyushmagan, og‘ir toifadagi yoshlar qatlamini ham uyg‘otib, kelajakka aniq maqsad qo‘yishga undayotganini sezdim.
Shahrimiz yoshlari bilan har hafta o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida ko‘plab rejalar va kreativ g‘oyalarni amalga oshirishga kelishib oldik.
Hurmatli yurtboshimizning mazkur tashabbuslaridan ko‘zlangan maqsad ham aynan yoshlarimizga yanada yaqin bo'lish — ertamiz egalariga e’tibor, e’tibor va yana bir karra e’tibor qaratishdir.
Men ushbu tashabbusni amalga oshirishda shahrimiz yoshlaridan yanada faolroq bo‘lishlarini hamda yangi g'oyalar va takliflar bilan chiqishlarini kutib qolaman.
Ilxom Klichxanov — Nurafshon shahar hokimi
🕊 Telegram📺 YouTube
📱 Instagram🌐 Facebook

👍3🔥2❤1🤝1