Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


NURAFSHON SHAHAR PROKURORI YOSHLAR BILAN MULOQOT QILDI

🚛 Yoshlar bilan bevosita uchrashib, ularning muammo va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

🛡Shu maqsadda “Yoshlar kuni” doirasida Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov shahar yoshlari bilan ochiq muloqot qildi. Tadbir davomida yigit-qizlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, huquqiy masalalar yuzasidan berilgan savollar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, yoshlar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, murojaatlar asosida aniqlangan muammolarni joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1


NURAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" LOYIHASINING BAHORGI MAVSUMIGA JIDDIY TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🗣Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2026-yil bahorgi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.


🌳 Ayni kunlarda Nurafshon shahrida mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan “Nurafshon City” hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Nazorat jarayonida korxona va tashkilotlarga biriktirilgan yer maydonlarini ekish mavsumiga tayyorlash, hudud iqlimi va infratuzilmasiga mos, parvarishi qulay hamda manzarali ko‘chat turlarini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sug‘orish tizimlarining mavjudligi, suv manbalaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.


Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ishlarni sifat va samaradorlik mezonlari asosida tashkil qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay yashil makonlarni yaratishga xizmat qiladi.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51


RAMAZON MUNOSABATI BILAN IFTORLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🌀 Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi. Bu oyda muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularga ko'mak ko'rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biriga aylanib ketgan.

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan maxsus dastur asosida ehtiyojmand oilalarda iftorlik tadbirlari tashkil qilinib, xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Bugun shunday tadbirlardan biri shahar hokimi o‘rinbosari F.Shomurodov boshchiligida “Qumariq” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan oila xonadonida amalga oshirildi.


Iftor dasturxoniga mahalla ahli, nuroniylar hamda mahalla faollari taklif qilindi. Bunday xayrli tadbirlar jamiyatimizda birdamlik va ijtimoiy mas’uliyatni mustahkamlashga xizmat qiladi hamda mahallalar va fuqarolar o‘rtasida samimiy hamkorlikni rivojlantiradi.

🕊Telegram📺YouTube 📱 Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🤝2🔥1


YOSHLAR MUAMMOLARIGA E’TIBOR — USTUVOR VAZIFA

🇺🇿Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev “Yoshlar kuni” munosabati bilan o‘ziga biriktirilgan "To‘y-tepa" mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot qildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi. Har bir masala yuzasidan aniq yondashuv belgilab olinib, ularni qonuniy va tizimli hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✅️Shuningdek, yoshlarni bandlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.


Ta’kidlanganidek, har bir yoshning taqdiri va kelajagi jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik, amaliy yordam ko‘rsatish va ishonchli muloqot o‘rnatish ustuvor ahamiyat kasb etadi.

🌀Uchrashuv yoshlar bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, muammolarni joyida bartaraf etish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qildi.

🕊Telegram📺YouTube 📱 Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


“YOSHLAR KUNI”DA RAHBARLAR YOSHLAR ORASIDA


Avval xabar berilganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilandi.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida barcha rahbarlar hududlarda yoshlar bilan jonli muloqotlar o‘tkazdi.

⚠️ Uchrashuvlarda qariyb besh yuzga yaqin yigit-qizlar o‘z g‘oya, startap va tashabbuslari, shuningdek, murojaatlari bilan ishtirok etdi. Jarayon davomida 57 ta muammo va taklif ko‘rib chiqildi. Shundan 16 tasi joyida hal etildi, 38 tasi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi, 3 ta murojaat esa yo‘l xaritasiga kiritildi.


🎥Jarayon tafsilotlari videolavhada.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍107🤝2🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

Bugun hurmatli Prezidentimiz — Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan shahrimizdagi barcha bo‘g‘in rahbarlari yoshlar bilan muloqot qildik, fikr almashdik.

Ularning g‘oya va tashabbuslari, startap va takliflari, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rgandik. E’tiborlisi, tadbirkorlik qilish va rivojlanish istagidagi faol yoshlarning bu intilishlari, tashabbus va g‘oyalari ular bilan bir davrada o‘tirgan uyushmagan, og‘ir toifadagi yoshlar qatlamini ham uyg‘otib, kelajakka aniq maqsad qo‘yishga undayotganini sezdim.

Shahrimiz yoshlari bilan har hafta o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida ko‘plab rejalar va kreativ g‘oyalarni amalga oshirishga kelishib oldik.

Hurmatli yurtboshimizning mazkur tashabbuslaridan ko‘zlangan maqsad ham aynan yoshlarimizga yanada yaqin bo'lish — ertamiz egalariga e’tibor, e’tibor va yana bir karra e’tibor qaratishdir.

Men ushbu tashabbusni amalga oshirishda shahrimiz yoshlaridan yanada faolroq bo‘lishlarini hamda yangi g'oyalar va takliflar bilan chiqishlarini kutib qolaman.

Ilxom Klichxanov — Nurafshon shahar hokimi

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21🤝1


HUDUDLARDA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA

Ramazon oyi munosabati bilan “Oybek” mahallasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chma yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur savdo tadbiri Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Ko‘chma yarmarkaning asosiy maqsadi — muqaddas Ramazon oyi davomida aholining kundalik ehtiyoj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, narx-navoni barqarorlashtirish hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


Yarmarka davomida aholiga kundalik iste’mol uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxiga nisbatan arzonlashtirilgan narxlarda taklif etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bunday ko‘chma yarmarkalarni Ramazon oyi davomida barcha mahallalarda tashkil etish rejalashtirilgan.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM