Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


HUDUDLARDA ARZONLASHTIRILGAN SAVDO YARMARKALARI DAVOM ETMOQDA

Ramazon oyi munosabati bilan “Oybek” mahallasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chma yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur savdo tadbiri Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Ko‘chma yarmarkaning asosiy maqsadi — muqaddas Ramazon oyi davomida aholining kundalik ehtiyoj mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, narx-navoni barqarorlashtirish hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.


Yarmarka davomida aholiga kundalik iste’mol uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bozor narxiga nisbatan arzonlashtirilgan narxlarda taklif etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bunday ko‘chma yarmarkalarni Ramazon oyi davomida barcha mahallalarda tashkil etish rejalashtirilgan.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI

Avval xabar qilinganidek, payshanba kuni – “Yoshlar kuni” munosabati bilan barcha bo‘g‘in rahbarlari va yoshlar ishtirokida ochiq hamda samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, ana shunday uchrashuvlardan biri shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev hamda hokim o‘rinbosari N.Djumanova ishtirokida “Birlik” mahallasida tashkil etildi.


Uchrashuv davomida yoshlarning g‘oya va tashabbuslari, startap loyihalari, takliflari, shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklari atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🔂Shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha qizg‘in muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

🕊Telegram📺YouTube 📱 Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


AHOLINI RO'YXATGA OLISH JARAYONLARI O'RGANILDI

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19.09.2025 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli farmoniga asosan, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z. Maxsudova hamda shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i M. Xudoykulov tomonidan 4–28-fevral kunlari Nurafshon shahar mahalla yettiligi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlarini platformaga kiritish masalalari atroflicha o‘rganildi hamda zarur tavsiyalar berildi.

❗️Ma’lumot uchun, ro‘yxatga olish jarayonlari 28-fevral kuni yakuniga yetadi. Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni jarayonda faol ishtirok etishga chaqiramiz.

🔂Ro‘yxatdan o‘tish aholi soni, ijtimoiy holati va ehtiyojlari bo‘yicha aniq ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qiladi. Bu esa hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy yordam va subsidiyalarni manzilli taqsimlash, infratuzilmani rivojlantirish, maktab, bog‘cha va tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Faol ishtirokingiz orqali o‘zingiz va mahallangiz ravnaqi uchun muhim hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

🕊Telegram📺YouTube 📱 Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


#2026_yil_1_martdan

🔰Tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida ko'rsatish bo'yicha “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshiriladi.

🗒 “Biznes hamroh” loyihasi doirasida:

🔸 Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

🔸 dastlabki bosqichda “Biznes hamroh” markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.

🕊Telegram📺YouTube 📱 Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам социально-экономического развития Сурхандарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #yigilish

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Surxondaryoni har tomonlama rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.

Глава нашего государства обозначил новые возможности для всестороннего развития Сурхандарьи.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


RAMAZON SHUKUHIDA MEHR-OQIBAT TADBIRLARI BO'LIB O'TMOQDA

Muqaddas Ramazon oyi jamiyatimizda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik tamoyillarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muborak oyda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy va moddiy yordam ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir.

Shu munosabat bilan “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila xonadonida shahar hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i R.Haydarov tomonidan oila vakillari va mahalla ahli uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.


🔂Nurafshon shahrida Ramazon oyi munosabati bilan amalga oshirilayotgan xayriya va ezgu tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1