Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKLAR TASHKIL ETILMOQDA


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan hududdagi "Obod" MFY aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tekshiruv jarayoniga soha mutaxassislari, EKG, UTT hamda instrumental-laboratoriya tekshiruvlari jalb etildi.

Ko‘rik davomida aholiga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xususan, tuz va shakar iste’molini cheklash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О дополнительных организационно-правовых мерах по усилению защиты прав женщин и детей, а также предотвращению случаев притеснения и насилия в отношении них"

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X


YOSHLARGA FAVQULODDA VAZIYATLARDA HARAKATLANISH QONUN-QOIDALARI TUSHUNTIRILDI

🔺Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Ibratli tengdoshim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda o‘quvchilarga vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha zarur bilim va tushunchalar berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.


Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy va hayotiy bilimlarini mustahkamlash, ularda ogohlik va mas’uliyat hisini shakllantirish, shuningdek, xavfsiz hayot tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📌📌📌📌📌

⚡️ Pensiyaga oid qiziqarli savollar va ularga javoblar bilan tanishing.

👉 На русском языке



Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat

OILALAR FAROVONLIGI VA YURTIMIZ TARAQQIYOTIGA MUNOSIB HISSA QO‘SHAYLIK


2026-yilda Nurafshon shahrining 16 ta mahallasida jami 7 311 aholi xonadonida 44 gektar tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda 110 ta xonadonda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus orqali yer maydonlaridan unumli foydalanish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va yuqori hosildorlikka erishish maqsad qilingan.

Rejaga muvofiq, yuqori daromadli, eksportbop va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan sabzavot, poliz, dukkakli hamda bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish ko‘zda tutilmoqda. Zamonaviy issiqxonalar tashkil etilishi mavsumdan qat’i nazar uzluksiz mahsulot yetishtirish imkonini beradi. Bu esa nafaqat ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, balki eksport salohiyatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Mazkur loyihalar minglab oilalarning daromadini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi. Ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar uchun tomorqachilik hamda issiqxona xo‘jaligi orqali barqaror daromad manbai yaratiladi.

Har bir fuqaro o‘ziga biriktirilgan yer maydonidan oqilona foydalanib, zamonaviy agrotexnik tadbirlarni qo‘llashi, suv va resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishi lozim. Tajriba almashish, mutaxassislar tavsiyalariga amal qilish va yangi usullarni o‘zlashtirish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin.

Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, oilalarimiz farovonligini mustahkamlash, mahallalarimiz obodligini oshirish va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish barchamizning sharafli vazifamizdir.

Mansur Xudaykulov,
Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2


🔴 Ayni damda "Oʻzbekiston 24" telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda Nurafshon shahrida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, hududdagi ilg‘or yoshlar yetakchilari hamda muvaffaqiyatli tadbirkorlar faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rsatuv suratga olinmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥21👏1🤝1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с 10 марта – Международным днем женщин-судей"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saxovat_oyi

Viloyat hokimi tashabbusi bilan viloyatimiz bo‘ylab muborak Ramazon oyi munosabati bilan mehr-saxovat va xayr-ehson tadbirlari izchil davom etmoqda.

Nurafshon shahrida ham ana shunday xayrli tadbirlardan biri tashkil etilib, ehtiyojmand oilalar, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Bu kabi tadbirlar jamiyatda hamjihatlikni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda insoniylik fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1👏1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍

Nurafshon shahrida joylashgan ko‘p qavatli binolarda o‘tkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashg‘uloti jarayonlari "O‘zbekiston 24" telekanali nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM