Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
🔴🟦🟦

🔴 Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

✅️Unda shahar korxona va tashkilot mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, murojaatchilarning muammolari joyida o‘rganilib, qonun doirasida amaliy yechimlar berilmoqda.


🗣Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda kommunal xizmatlar yo‘nalishlaridagi murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝2🔥1👏1


JISMONIY TARBIYA FANI O‘QITUVCHILARI AMALIY (IJODIY) IMTIHON SINOVLARIDAN O‘TKAZILMOQDA

Nurafshon Arena o‘yingohida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy (ijodiy) imtihon sinovlari doirasida jismoniy tayyorgarlik normativlarini qabul qilish jarayoni boshlandi. Mazkur sinovlar tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, belgilangan talab va mezonlarga muvofiq ravishda tashkil etilmoqda.

🏷Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 652-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.


Mazkur jarayon o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanini o‘qitish sifatini oshirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝21👍1👏1
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, sohaga texnologiyalar transferini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам наращивания производственных мощностей и ускорения трансфера технологий в фармацевтической отрасли.

Facebook|Instagram|X
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari ushbu soha inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 140 ta yangi quvvat ishga tushdi, korxonalar soni 300 dan oshdi, shundan 58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir.

Ishlab chiqarish hajmi 3,5 marta o‘sib, 7 trillion 300 milliard so‘mdan ortdi, mahalliy dori vositalari esa 2 karra ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari 55 ta davlatga kirib bordi. Farmatsevtika sohasidagi ish o‘rinlari soni 40 mingdan oshdi.

Umuman, O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.

Facebook|Instagram|X
“Tibbiyotdagi keng ko‘lamli islohotlarimiz, birlamchi bo‘g‘inda profilaktikaning kuchaytirilishi kasalliklarni davolash bilan birga uning oldini olishga qaratilgan preparatlarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, mutasaddilar oldida bu yil sohaga kamida 1 milliard dollar investitsiya olib kelish, sifatni oshirish va xorijiy yetuk farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali ichki iste’moldagi mahalliy dorilar ulushini 2030-yilgacha 70 foizga yetkazish, kelgusi besh yilda eksportni 1 milliard dollarga olib chiqish vazifalari turgani qayd etildi.

Bu borada 100 dan ziyod ishlab chiqaruvchilar, 50 dan ortiq importchilar, 300 ga yaqin ulgurji va chakana savdo korxonalari, investorlar bilan sohadagi masalalar muhokama qilindi, bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida katta qaror loyihasi tayyorlandi.

Shunday bo‘lsa-da, hokimlarda hududidagi farmatsevtika korxonalari bilan gaplashib, ular ko‘targan masalalarga yechim topadigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|Instagram|X


YOSHLAR MUAMMOLARI, TAKLIF VA YECHIM

🗣Nurafshon shahrida “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Shahar nuroniylar maskanida o‘tkazilgan muloqotda shahar hokimi Ilxom Klichxanov, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, ustozlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda shahar hokimi I.Klichxanov yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning g‘oya va tashabbuslari, startap loyihalari, ta’lim, bandlik va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi takliflarini tingladi. Bildirilgan murojaat va masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.


“Uch avlod uchrashuvi” ruhida o‘tgan tadbirda nuroniylar tomonidan yosh avlodga hayotiy tajriba va ibratli maslahatlar berilib, vatanparvarlik, mas’uliyat va fidoyilik kabi qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

🔺 "Yoshlar kuni" doirasida hududdagi barcha mutasaddi rahbarlar tomonidan yoshlar muammolari o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish xususida amaliy ishlarni olib borildi.

Telegram 🌐Instagram  📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1