Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Aholi murojaati e’tibor markazida

Bugun Nurafshon shahri Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar uchun qabul tashkil etildi.

⚡️Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev, hokim o‘rinbosari N.Djumanova, Mahallalar uyushmasi shahar bo‘limi rahbari Z. Maxsudova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqaroning murojaatlari tinglandi. Unda moddiy yordam, kadastr,tibbiyot, shuningdek, qurilish masalalari yuzasidan murojaatlar o'rganildi.


🏷Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

Naqdsiz toʻlov – oshkoralik, himoya, adolat garovi!

Naqdsiz hisob-kitob esa adolatli jamiyat, halol biznes, qulay hayot uchun!


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads


💠Nurafshon shahrida Ramazon oyi munosabati bilan xayr-saxovat, insonparvarlik va o‘zaro mehr-oqibat tadbirlar izchil davom etib, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, Nurafshon shahar kadastr bo‘limi hamda mahalla yettiligi vakillari boshchiligida “To‘ytepa” mahallasida yashovchi ehtiyojmand oila xonadonida kamtarona iftorlik dasturxoni tashkil etildi.


Bu kabi xayrli tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, saxovat va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#muhim_eslatma

Dehqon va fermer xo‘jaliklari diqqatiga!

Yurtimizda bahor faslining kirib kelishi bilan dala va bog‘larda mavsumiy agrotexnik ishlar bosqichma-bosqich boshlanmoqda. Dehqon va bog‘bonlar ekin maydonlarini yangi mavsumga tayyorlash, yerlarni tozalash, o‘t-o‘lan va xas-xashak qoldiqlarini yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirmoqda.

Shu munosabat bilan magistral elektr uzatish tarmoqlari “muhofaza zonasi” hududlarida ish olib borishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatib o‘tiladi.

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar yaqinida quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:

– elektr uzatish liniyalari ustunlariga chiqish, ularni shikastlash yoki ularga begona buyumlar tashlash;
– ustunlarning metall qismlarini yechib olish yoki konstruksiyasiga zarar yetkazish;
– elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi brigadalar va texnikalar harakatiga to‘sqinlik qiluvchi buyumlar yoki materiallarni joylashtirish;
– elektr uzatish liniyalari va kabel tarmoqlari muhofaza zonalarida olov yoqish;
– xas-xashak, qishloq xo‘jaligi chiqindilari yoki boshqa yonuvchan moddalarni to‘plash hamda yoqish;
– yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash, tashlash yoki quyish;
– odamlar ko‘p yig‘iladigan tadbirlar o‘tkazish, savdo rastalari yoki chiqindixonalar tashkil etish.

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq elektr uzatish liniyalari uchun muhofaza zonalari quyidagi masofalarda belgilangan:

🔴35 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr
🔴110 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr
🔴 220 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr
🔴500 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr

Mazkur hududlarda ekologik zarar yetkazishi yoki yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlar qat’iyan man etiladi.

Shuningdek, elektr uzatish liniyalari muhofaza zonalarida noqonuniy qurilmalar barpo etish ham qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, ular vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda bartaraf etiladi.

Elektr tarmoqlari yaqinida ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilish — inson hayoti, mulk xavfsizligi va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi uchun muhimdir.

Bu haqida «O‘zbekiston MET» AJ
Axborot xizmati ma’lum qiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1


Yo‘l qoidasi – umr foydasi. Targ'ibot tadbirlari davom etmoqda


Ichki ishlar vazirligi tomonidan Respublika bo‘ylab 1-martdan 1-aprelga qadar o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktika oyligi doirasida Nurafshon shahar 19-sonli umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

⚡️Tadbirda Nurafshon shahar IIB XPB VYMB katta inspektor-psixologi, kapitan M. I. Djumabayeva hamda shahar YHXB inspektori S. Norboyevlar ishtirok etib, o'quvchilarga voyaga yetmaganlar tomonidan transport vositalarini boshqarishning salbiy oqibatlari to'g'risida atroflicha tushuntirishlar berildi.


🏷Shuningdek, o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligi yetkazildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3