#muhim_eslatma
Dehqon va fermer xo‘jaliklari diqqatiga!
Yurtimizda bahor faslining kirib kelishi bilan dala va bog‘larda mavsumiy agrotexnik ishlar bosqichma-bosqich boshlanmoqda. Dehqon va bog‘bonlar ekin maydonlarini yangi mavsumga tayyorlash, yerlarni tozalash, o‘t-o‘lan va xas-xashak qoldiqlarini yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Shu munosabat bilan magistral elektr uzatish tarmoqlari “muhofaza zonasi” hududlarida ish olib borishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatib o‘tiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar yaqinida quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:
– elektr uzatish liniyalari ustunlariga chiqish, ularni shikastlash yoki ularga begona buyumlar tashlash;
– ustunlarning metall qismlarini yechib olish yoki konstruksiyasiga zarar yetkazish;
– elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi brigadalar va texnikalar harakatiga to‘sqinlik qiluvchi buyumlar yoki materiallarni joylashtirish;
– elektr uzatish liniyalari va kabel tarmoqlari muhofaza zonalarida olov yoqish;
– xas-xashak, qishloq xo‘jaligi chiqindilari yoki boshqa yonuvchan moddalarni to‘plash hamda yoqish;
– yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash, tashlash yoki quyish;
– odamlar ko‘p yig‘iladigan tadbirlar o‘tkazish, savdo rastalari yoki chiqindixonalar tashkil etish.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq elektr uzatish liniyalari uchun muhofaza zonalari quyidagi masofalarda belgilangan:
🔴 35 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr
🔴 110 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr
🔴 220 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr
🔴 500 kV kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr
Mazkur hududlarda ekologik zarar yetkazishi yoki yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlar qat’iyan man etiladi.
Shuningdek, elektr uzatish liniyalari muhofaza zonalarida noqonuniy qurilmalar barpo etish ham qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, ular vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda bartaraf etiladi.
Elektr tarmoqlari yaqinida ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilish — inson hayoti, mulk xavfsizligi va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi uchun muhimdir.
Bu haqida «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati ma’lum qiladi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter
Dehqon va fermer xo‘jaliklari diqqatiga!
Yurtimizda bahor faslining kirib kelishi bilan dala va bog‘larda mavsumiy agrotexnik ishlar bosqichma-bosqich boshlanmoqda. Dehqon va bog‘bonlar ekin maydonlarini yangi mavsumga tayyorlash, yerlarni tozalash, o‘t-o‘lan va xas-xashak qoldiqlarini yig‘ishtirish ishlarini amalga oshirmoqda.
Shu munosabat bilan magistral elektr uzatish tarmoqlari “muhofaza zonasi” hududlarida ish olib borishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish zarurligi eslatib o‘tiladi.
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va podstansiyalar yaqinida quyidagi harakatlarni amalga oshirish taqiqlanadi:
– elektr uzatish liniyalari ustunlariga chiqish, ularni shikastlash yoki ularga begona buyumlar tashlash;
– ustunlarning metall qismlarini yechib olish yoki konstruksiyasiga zarar yetkazish;
– elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi brigadalar va texnikalar harakatiga to‘sqinlik qiluvchi buyumlar yoki materiallarni joylashtirish;
– elektr uzatish liniyalari va kabel tarmoqlari muhofaza zonalarida olov yoqish;
– xas-xashak, qishloq xo‘jaligi chiqindilari yoki boshqa yonuvchan moddalarni to‘plash hamda yoqish;
– yoqilg‘i-moylash materiallarini saqlash, tashlash yoki quyish;
– odamlar ko‘p yig‘iladigan tadbirlar o‘tkazish, savdo rastalari yoki chiqindixonalar tashkil etish.
📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq elektr uzatish liniyalari uchun muhofaza zonalari quyidagi masofalarda belgilangan:
Mazkur hududlarda ekologik zarar yetkazishi yoki yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlar qat’iyan man etiladi.
Shuningdek, elektr uzatish liniyalari muhofaza zonalarida noqonuniy qurilmalar barpo etish ham qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, ular vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda bartaraf etiladi.
Elektr tarmoqlari yaqinida ishlashda xavfsizlik qoidalariga amal qilish — inson hayoti, mulk xavfsizligi va elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi uchun muhimdir.
Bu haqida «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati ma’lum qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1