#shukuh
Viloyatda iftorlik dasturxoni yozildi
Bugun “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” ezgu g‘oyasi asosida mamlakatimizning barcha hududlarida iftorlik tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Xususan, Chirchiq shahridagi "Kimyogar" to‘yxonasida tashkil etilgan fayzli dasturxon atrofiga viloyatimiz faollari, nuroniylar, imkoniyati cheklanganlar, keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.
Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan iftorlik tadbirlarida videokonferensaloqa orqali viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan faollar va nuroniylar ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida samimiy suhbatlar, ezgu tilaklar yangrab, jamiyatimizdagi ahillik va birdamlik yanada mustahkamlandi.
Qur’on tilovat qilinib, minglab insonlar Vatanimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqi uchun duoga qo‘l ochdi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik dasturxonlari yozildi.
Nurafshon shahrida ham ushbu ezgu va xayr-saxovat tadbiri keng qamrovda o‘tkazilib, unga shahar nuroniylari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari, yolg‘iz keksalar hamda jamoatchilik faollari taklif etildi.
Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi mas’ullar, shahar prokurori To‘lqin Karimov, shahar IIB boshlig‘i Aziz Yuldashev hamda tegishli tashkilot vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalar keltirilib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi uchun ezgu duolar qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3❤1👍1🔥1👌1
Sog‘lom turmush tarzi va sport – Navro‘z shukuhida
✅️ Shu jumladan, Nurofshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda Nurofshon “Arena” sport maktabi tashabbusi bilan stadionda “Navro‘z – milliy qadriyatlarimiz” shiori ostida ko‘tarinki ruhda ertalabki badantarbiya, fitnes mashg‘ulotlari va milliy sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir davomida milliy o‘yinlarimizdan “Arqon tortish”, “O‘rtaga tushar” va “Ko‘k terak” kabi bellashuvlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona va qizg‘in raqobat muhiti yuzaga keldi. Bu esa jamoaviylik, birdamlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
❕Musobaqalar yakunida g‘olib bo‘lgan 14 nafar tibbiyot xodimlari munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1