Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi
❗️Nurafshon ShET quyidagilarni ma’lum qiladi. "N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3" dan chiquvchi "F. Qorasuv 6 kV" tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan brigadalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 18-mart kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
⏰ 13:00 – 14:00 ("Eyvalek", "Oybek", "Muqimiy", "Obod turmush", "Navro‘z", "Qumariq", "Dehqonobod", "To‘ytepa" MFY lari.)
Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Nurafshon shahar Davlat soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i Sayfiyev Jasur Ravshanovichning tavallud topgan kuni!
Ushbu qutlug‘ kunda Nurafshon shahar hokimi, hokimlik jamoasi hamda barcha hamkasblar nomidan Sizni samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar hamda doimo omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi jamoasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
#OAV_nigohida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🤝1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Biz Vatanimiz kuch-qudratini oshirish, har bir oila va har bir insonning hayotini yaxshilash bo‘yicha yanada katta marralarni olganmiz. Bugun hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, bunga yana bir bor ishonch hosil qildim.
Ayni paytda shuni yaxshi anglashimiz kerak, endi kechagi harakat bugunga, bugungisi esa ertangi kun talabiga kamlik qiladi. Shu bois, belgilab olgan marralarga erishish uchun yanada samarali harakat qilishimiz zarur”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Samarqand ishsizlik, kambag‘allik, investitsiya, eksport masalalari, umuman, barcha sohada namunaviy viloyat bo‘lishi shartligi qayd etildi.
Viloyatda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 100 million dollar, Urgut tumanining o‘ziga yana 50 million dollar ajratildi. Umuman, viloyatga barcha manbalar hisobidan 11 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda. Tadbirkorlarga kredit uchun yana 18 trillion so‘m resurs berilmoqda.
Hajmi jihatidan bu miqdordagi mablag‘ har qachongidan ko’ra ko’proq ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
❤3
Nurafshon shahrida namunaviy seminar tashkil etildi
✅️ Seminar "Hurriyat" MFY da istiqomat qiluvchi To'rayevlar xonadonida tashkil etilib, unda “Aholi tomorqa yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish”, shuningdek, atirgul, romashka va pion gullarin yetishtirish texnologiyalari, yil davomida ekinlarni necha marotaba ekish mumkinligi hamda tomorqadan olinadigan yillik daromad bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥1🤝1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bildirish
Hurmatli viloyatimiz ahli va mehmonlari!
Xabaringiz bor, joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan Sizlarni 21–22-mart kunlari viloyatimiz markazi — go‘zal va navqiron Nurafshon shahridagi Nurafshon Siti hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.
Bayram sayli davomida Siz milliy qadriyatlarimiz va asori-atiqalarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, Navro‘z ruhi va falsafasiga monand rang-barang lahzalarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Buning uchun ayni paytda juda katta tashkiliy-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tuman va shaharlar hamda viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan bayram povilonlarida:
Bundan tashqari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar, havaskor dastalarning bayram dasturlariga ham guvoh bo‘lasiz.
Sayilga keluvchilar uchun bayram kunlari qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida hududlardan Nurafshon shahriga jamoat transportlari ko‘paytiriladi.
✨ Barchangizni ushbu unutilmas bayram shodiyonalariga chorlab qolamiz!
⚠️ Diqqat!
⛔️Bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayil o‘tkaziladigan hududda vaqtincha transport harakati cheklanadi.
Barchangizni bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, birgalikda, quvonch, zavq va shukronalik bilan nishonlashga chorlaymiz!
Tinch va osoyishta yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanaversin!
SAYILGA MARHAMAT!
📍 Manzil
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Hurmatli viloyatimiz ahli va mehmonlari!
Xabaringiz bor, joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan Sizlarni 21–22-mart kunlari viloyatimiz markazi — go‘zal va navqiron Nurafshon shahridagi Nurafshon Siti hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.
Bayram sayli davomida Siz milliy qadriyatlarimiz va asori-atiqalarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, Navro‘z ruhi va falsafasiga monand rang-barang lahzalarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Buning uchun ayni paytda juda katta tashkiliy-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tuman va shaharlar hamda viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan bayram povilonlarida:
🤔 xalq o‘yinlari va milliy an’analar, urf-odatlar namoyishi;
🤔 milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, (jumladan, belbog‘li kurash);
🤔 “Varraklar sayli”;
🤔 folklor-etnografik jamoalar chiqishlari, askiya bazmi va masxarabozlar shousi:🤔 amaliy san’at va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari;
🤔 Navro‘zning shohona taomlari — sumalak, xalim va ko‘k somsalardan tashqari kundalik taomnomamizdan o‘chib, deyarli unutilib borayotgan asl sof, tabiiy darmondorili milliy yeguliklar tortiladigan dasturxonlar — boshqacha aytganda "Atala"xonimdan tortib, "Palovxonto‘ra"gacha Sizlarni kutadi!
Bundan tashqari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar, havaskor dastalarning bayram dasturlariga ham guvoh bo‘lasiz.
Sayilga keluvchilar uchun bayram kunlari qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida hududlardan Nurafshon shahriga jamoat transportlari ko‘paytiriladi.
⛔️Bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayil o‘tkaziladigan hududda vaqtincha transport harakati cheklanadi.
Barchangizni bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, birgalikda, quvonch, zavq va shukronalik bilan nishonlashga chorlaymiz!
Tinch va osoyishta yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanaversin!
SAYILGA MARHAMAT!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saxovat va e’tibor — ezgu qadriyat
❕Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan homiylar jalb etilgan holda muborak Hayit bayrami munosabati bilan keng qamrovli xayriya tadbiri tashkil etildi.
✅️ Mazkur tadbir doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, jumladan, betob va yoshi ulug‘ keksalar, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida o’tkazilgan umumxalq hashari tafsilotlari “Yoshlar” telekanali nigohida.
#OAV_nigohida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1🤝1